Get Mystery Box with random crypto!

Fortnite va PUBG haqida Fortnite 2017-yilda chiqqan onlayn sh | Eldor Karimov

Fortnite va PUBG haqida

Fortnite 2017-yilda chiqqan onlayn shuter (otishma) janridagi o'yin bo'lib, hozirgi vaqta 350 mln dan ortiq foydalanuvchisi bor. O'yinchilar segmentining 62.7% 18 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan odamlar tashkil qiladi. Ba'zi bir o'yinchilar Fortniteda kuniga o'rtacha 3 soatdan ko'proq qolib ketishar ekan. 2020 yilda Fortnite platformasida tushgan pul miqdori $5.1 mlrd ko'proq bo'lgan.

PUBG bo'lsa huddi shu yilning oxirida dunyoga kelgan Fortnite analogi bo'lib, bugungi kunda 34 mlndan ziyodroq faol auditoriyaga ega. Ashaddiy o'yinchilar PUBG platformasiga bir oyda 270 mln dollardan ortiqroq pul sarflab yuborishadi. Har bir o'yinchi kuniga o'rtacha 2 soat umrini aynan ushbu platformada o'tkazadi.

Ushbu ma'lumotlarni o'qib, Fortnite va PUBG qanchalik mashhur o'yinligini tushunish qiyin emas. Ammo tanganing ikkinchi tarafi ham bor.

2018-yilda Buyuk Britaniyada o'rganilgan ajrim statistikasiga ko'ra 200dan ortiq ajrimlar aynan Fortnite o'yini sababli bo'lgan. O'yinga haddan ziyod e'tibor qilib, oila ikkinchi darajaga tushib qolgani uchun. Bundan tashqati PUBG va Fortnite kabi onlayn jamoaviy otishma va qotilikka asoslangan o'yinlarda ko'pgina yoshlarimiz mukassidan ketishmoqda.

Yana e'tiborli nuqta - ushbu platformalarda chat (boshqa o'yinchilar bilan bevosita aloqada bo'lish) imkoniyati mavjud bo'lib, unda butun dunyodan yig'ilgan odamlar o'zaro suhbat qurib o'ynaydilar. Siz o'z farzandingiz kim bilan o'ynayotgani haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

Ushbu o'yinlarning yana ahamiyatli jihati shundaki, ular yosh avlodning psixologiyasiga to'gridan to'gri ta'sir qilib juda tez o'yinga o'rgatib qo'yishadi va natijada bola jizzaki, yopiq, agressiv va erinchoq bo'lib qoladi.
Buning asosiy sababi odam miyasi real hayot va virtual voqelikning farqiga bormaydi. O'yinda hurmat qozonish, odamlar bilan suhbat qurish haqiqiy hayotdagidan ancha osonroq bo'lgani uchun yosh avlod real dunyodan ko'ra virtual dunyoda o'zlarini ancha qulay his qilishadi.

Eng achinarlisi esa, o'yindagi barcha mezonlarni faqat bir guruh kishilar belgilashadi. Bu me'zonlar o'yinda sarflangan vaqtdan tortib to o'ldirilgan odamlar sonigacha rag'batlantirish ko'rinishida bo'lishi mumkin.

Yechim:
Ko'pgina mutaxassislarning ta'kidlashicha o'yinni ta'qiqlab qo'yish ko'pincha samarasiz hisoblanadi.
Yaxshiroq usul - bu bolaga ko'proq vaqt ajratish, unga o'rnak bo'lish.

Ba'zi hollarda ota-onalar biror vazifa (kitob o'qish, darslarni qilish va h.k.) bola tomonidan qilingandan so'ng o'yinni rag'bat sifatida ishlatishgan.
Lekin hozirgi kunda eng samarali yo'l - bu o'yin vaqtini bosqichma bosqich kamaytirib, ortib qolgan vaqtini real hayotda kerak bo'ladigan qobiliyatlar ustida ishlashga bag'ishlashga o'rgatish hisoblanadi.

Maqolani Yuksalish jamoasi a'zolari
Fahriddin Ismoilov va Javohir ABDUMALIKOV tayyorlashdi.

@eldor_karim0v