Get Mystery Box with random crypto!

Qo’l uzatish kerakdir balki? Biznes-trenerlarni tanqid qilayo | Eldor Karimov

Qo’l uzatish kerakdir balki?

Biznes-trenerlarni tanqid qilayotganlar
Bilib bilmay biznes boshlab, 10-15 ta ishchi ishlatib ko'ring. Na kitob o'qishga, na xarajatlarni boshqarishga vaqtingiz qolsin. O'shanda bilasiz treninglar nega kerakligini.

Hokimlarni tanqid qilayotganlar
Ko'changizdagi 20ta xonadonni yig'ib bolalar maydonchasi qurishga harakat qilib ko'ring. 20ta odamdan 20 xil ta'na, talab eshitib, hokimlarga g'azab emas, rahm qila boshlaysiz.

Bloggerlarni tanqid qilayotganlar
10-15K obunachi yig'ing. Har kuni turli iltimoslar, talablar, tanqid, po'pisalar kelib tushsin. Keyin 1 million odami borlarni tasavvur qiling va ularni tinch qo'ying.

Imomlarni tanqid qilayotganlar
8 yil oliy ta'limda o'qing. Boshqa hech nimaga chalg'imay turing. Shu davr uchun pul
muammoingizni ham hal qilib qo'ying. Siz soniyasigacha qadriga yetgan vaqtingizni, odamlar soatlarini isrof qilishini kuzating. Imomlarni quchoqlab rahmat deb yuborasiz.

Tog'ga chiqayotgan odamga pastdan turib: "noto'g'ri chiqayapsan" deyish oson. Lekin eng
yaxshisi - tepadan turib qo'l uzatish bo'ladi.

P.S
Maqola konstruktiv tanqid haqida emas, mavzuni tushunmay qilingan tanqid haqida.

@eldor_karim0v