Get Mystery Box with random crypto!

Alloh sabr qilgan bandasini sevadi. Ba’zan sabring ham holdan | Eldor Karimov

Alloh sabr qilgan bandasini sevadi. Ba’zan sabring ham holdan toyadi, ammo taslim bo’lmasliging kerak. Senga dard bergan Robbim shifosini ham o’zi berishini unutma.
Qish o’tadi, yoz keladi. Eng zimiston tun o’rnini quyoshli kun egallaydi. Sen sabrni bil. Boshingga bir musibat kelganida, dardlar seni kemirishni boshlaganda Allohga yuzlan:
“Allohim, menga hazrati Ayyubning sabrini ber “
Alloh senga Ayyub Payg’ambar sabrini ato qilsin.

"Mirach chag’ri oqtosh" kitobidan