Get Mystery Box with random crypto!

EKG namunasini tahlili: • Bo'lmachalar fibrilatsiyasi qo‘shi | EKG DARSLARI

EKG namunasini tahlili:

Bo'lmachalar fibrilatsiyasi qo‘shimcha o'tkazuv yo‘l bilan

Tartibsiz keng QRS kompleksi taxikardiya, tezligi ~190 zarba/daq.
Yurak Elektrik o'qining o'ngga siljishi
P tishchalarni aniqlash qiyin
Bu yerda ko'rinadigan tartibsiz ritm atrial fibrilatsiyaga (AF) mos keladi. O'tkazuvchanlikning kechikishi aberratsiya ( Gis o'ng tutamining blokadasi) yoki qorinchalarning erta qo'zg'alishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Ammo, qo'shimcha yo'l (AP) mavjudligini ko'rsatadigan ikkita EKG xususiyati mavjud - ularni aniqlay olasizmi?
Juda tez qorincha ritmi - ba'zi joylarda daqiqasiga 300 ta zarbagacha. Bu AV tugun orqali o'tkazish uchun juda tezdir
QRS Kompleks morfologiyasining har bir ritmda o'zgarishi, ya'ni QRS xar xil



AV tugun bloklovchi, o'tkazuvchanlikni susaytiruvchi dorilar (masalan, adenozin, kalsiy kanallari blokadrlari, beta blokadrlar) bilan davolashdan qochish kerak.
Shunday qilib, AV tugun o'tkazuvchanlikning pasaytirish halokatli bo'lishi mumkin, bu Kent tutami orqali o'tkazishni tezlashtirib yuboradi. Natijada qorincha tezligining oshishi va qorincha taxikardiyasi (VT) yoki qorincha fibrilatsiyasi (VF) ga o'tib ketishi mumkin.

Barqaror bemorda eng keng tarqalgan dori varianti prokainamiddir.
Gemodinamik jihatdan beqaror bemorlarda to'g'ridan-to'g'ri kardioversiya amalga oshiriladi.

WPW va takroriy tez-tez taxiaritmiya bilan og'rigan bemorlar uchun afzal qilingan uzoq muddatli yondashuv RCHA hisoblanadi.

Ko'proq va chuqurroq o'rganmoqchimisiz?
Kanalga a'zo bo'ling:
@EKG_DARSLARI