Get Mystery Box with random crypto!

O‘n birinchi kun natijalari e’lon qilindi 2022-yil 18-avgust | Egamnazar.uz|Rasmiy kanal

O‘n birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 18-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

18-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@mandatlar_2022_2023_bot
@mandat_2022_2023_bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL