Get Mystery Box with random crypto!

Facebook nega boshqa rangda emas, aynan ko‘k rangda? Siz buni | 𝗔𝘀𝗮𝗱𝗯𝗲𝗸 𝗘𝗴𝗮𝗺𝗯𝗲𝗿𝗱𝗶𝘆𝗲𝘃 | 𝗦𝗵𝗮𝘅𝘀𝗶𝘆 𝗯𝗹𝗼𝗴

Facebook nega boshqa rangda emas, aynan ko‘k rangda? Siz buni bilarmidiz?

XXI asrda Facebookni eshitmagan inson bo‘lmasa kerak. Lekin yuqoridagi savolning haqiqatini aksariyat insonlar bilishmaydi. Xo‘sh buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?

2003 - yilda Mark Zuckerberg Facemashga asos solgan. U dastlab shunchaki Garvard o‘quvchilari uchun o‘yin sifatida yaratilgan. Oradan 1 yildan so‘ng Facemash Facebookka aylantirilgan. Ko‘pchilikning fikricha, Mark Facebookning rangini tasodifiy tanlov deb bilishadi, aslida esa bunday emas. Mark Zuckerberg qizil va yashil ranglarni ajrata olmaganligi va ko‘k rangni aniq farqlay olganligi uchun u shunday yo‘l tutgan.

Hozirgi kunda Facebookning faol foydalanuvchilar soni 350 milliondan ortiq. Deyarli 35 milliondan ortig'i statusini har kuni yangilaydi.