Get Mystery Box with random crypto!

Online darslar afzalliklarini birgalikda sanaymiz Ko'pchili | EduZ

Online darslar afzalliklarini birgalikda sanaymiz

Ko'pchilik insonlar yangi bilimlarni o'rganish uchun Online Kurslar sotib olishayotganda juda ko'plari ikkilanishadi.

Bugun siz bilan mana shu ikkilanishni oldini olish uchun masofaviy ta'limning bir necha afzalliklarini sanaymiz va ko'nglingizdagi g'ashlikni ketkazamiz.

Istalgan joyda, istalgan vaqtda. Insonlar Offline kurslarga ro'yxatdan o'tishayotganda asosan mana shu ikki muammoga yo'liqishadi. Joy va Vaqt masalasi. Ba'zan o'quv markazining manzili juda olis bo'lsa, ba'zan sizga qulay vaqtdagi o'quv kursi topilmaydi. Natijada ilm olish vaqti yana ortga suriladi. Online kurlsar bilan bunday muammoga yo'liqmaysiz. Hohlasangiz ishxonangizda, uyingizda, hatto avtobusda ham o'rganishingiz va kechasi soat 3:00 da ham yangi ilmlarni olishingiz mumkin.

Qulay va hamyonbop
Offline kurslardagi uchraladigan yana bir muammo uning qimmatligi bo'ladi, ya'ni berilayotgan ma'lumotga nisbatan uning narxi juda qimmat bo'ladi. Bunga sabablar ham yetarlicha. O'quv markazlar egalari har-xil soliqlar, ijara puli, jihozlar uchun mablag' sarflashadi. Bularning puli ham siz o'qiyotgan kursning narxini ichida bo'ladi. Online kurslarni sizga taqdim qilayotgan inson oldida esa bunday muammolar bo'lmaydi va tabiiyki sizning bo'yningizga ortiqcha harajat yuklanmaydi.

Hohlagancha o'rganing
O'quv markazlaridagi darslar o'rtacha o'zlashtirish imkoniga qarab tuziladi. Agar siz rejadagidan ko'proqni o'zlashtira olsangiz yoki aksincha bo'lsa ham sizning ko'nglingizga qarab o'tirishmaydi. Ularni ham tushinsak bo'ladi, vazifalarini bajarishmoqda. Lekin agar siz doimgidan ko'proq yoki kamroqni hohlasangiz sizga Online kurslar qo'l keladi. Balki bir kunda siz to'liq kursni ham tugata olarsiz.

Sifat - siz masofadan ta’lim olganingizda, sizga beriladigan yana bir imkoniyat. Aslida sifatli ta’lim sizning talabingiz, lekin buni sizga imkoniyat deyabman. Nega? Odatda o’quv markazlari ochilib olguncha, to’liq tizim ishlab chiqishga ulgurishmaydi. Albatta bunga ko’pincha tashkiliy masalalar sabab bo’ladi va asosiy ish qolib ketadi. O’quv markaz ochilib, o’quvchilarni qabuli boshlanganda esa yaxshi tizim ishlab chiqishga vaqt bo’lmaydi yoki o’zlari istashmaydi. Albatta bu keyinchalik o’zlari uchun zararga ishlashini tushunishmaydi.

Online kurslarda esa yuqorida ta’kidlaganimdek sizga sifatli ta’lim olishga imkon beriladi. Ularda ham tashkiliy masalalar bo’ladiku deysiz-mi? To’g’ri bunday masalalar bo’ladi, lekin ular yaxshi o’quv tizimisiz ishni boshlay olmaydilar sababi ularda o’quvchilarni jalb qilish uchun aosoan ta'lim tizimidan foydalanishadi. O'quv binosi, markazdagi qulaylikar bilan emas.

Unutmang sizga o'rgatishdi degani, siz o'rgandingiz degani emas. Qayerda bo'lmasin harakatingiz ilmingizni hal qiladi.

Murojaat uchun:
+998939419099
+998940790954

Telegram l Instagram