Get Mystery Box with random crypto!

QDPI jamoasi Samarqandga safar qilmoqda Qoʻqon davlat pedagog | Eduuz | Tezkor xabarlar



QDPI jamoasi Samarqandga safar qilmoqda

Qoʻqon davlat pedagogika instituti rahbariyati tashabbusi bilan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida Oʻzbekistonning turizm darvozasi hisoblanmish Samarqand shahriga uch kunlik sayohat tashkil etildi.

Bugundan boshlangan sayohatga faol professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar, jami 50 nafarga yaqin munosib xodimlar jalb qilindi.

Dastur doirasida sayohatchilar mahobatli Registon maydoni, buyuk sarkarda Amir Temur maqbarasi, Bibixonim madrasasi, buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Xoja Doniyor maqbarasi, Shohi Zinda ansambli kabi tarixiy va muqaddas obidalarimiz bilan yaqindan tanishadilar. Shuningdek, turistlarimiz Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qiladilar, yaqinda bunyod etilgan Samarqand turizm markazi hamda “Boqiy shahar”ni tomosha qiladilar.

Ayni daqiqalarda jamoa Fargʻona xalqaro aeroportidan parvozga hozirlanmoqda. Parvozingiz xayrli, safaringiz bexatar boʻlsin qadrli jamoadoshlar.

•┄┄┄┄┄┄┄༻❅༺┄┄┄┄┄┄┄•
kspi.uz Telegram

Facebook Instagram YouTube