Get Mystery Box with random crypto!

East Games kompaniyasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘mag | IT taʼlim

East Games kompaniyasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida East Games Start loyihasini ishga tushirmoqda.

Agar siz o'yin yoki 3D modellarni yaratishga qiziqsangiz unda:

Fotorealistik 3D oʻyin modellarini yaratish;
Sohada koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan professionallar bilan muloqot qilish va tajriba orttirish;
Yirik IT-kompaniyaning ofisiga tashrif buyurish va shu kabi boshqa imkoniyatlarga ega bo‘lasiz.

Loyiha yakunida ishtirokchilar professional portfolio yaratish va East Games studiyasi bilan hamkorlik qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Muhim tafsilotlar:

Loyihada ishtirok etish bepul.
Qabul jarayoni tanlov asosida amalga oshiriladi.
Onlayn tarzda ishtirok etish ham mumkin.
Loyiha 10-fevraldan boshlanadi.
Loyiha muddati 4 oy.

Ko'proq ma’lumot olishni xohlaysizmi? Onlayn master-klassda qatnashing va barcha savollaringizga East Games studiyasi yetakchi 3D-rassomi Vadim Serebryakovdan javob oling.

Master-klass rus tilida bo‘lib o‘tadi.