Get Mystery Box with random crypto!

“Galaktikada bir kun”ni oʻqirkanman, oʻquvchilarimga bu asarni | IT taʼlim

“Galaktikada bir kun”ni oʻqirkanman, oʻquvchilarimga bu asarni oʻqitayotganim toʻgʻri ekaniga yana bir bor amin boʻldim.

Bolalar koʻproq shunday asarlarni oʻqishi kerak, bu ilmga, ixtirolarga qiziqish uygʻotadi, yoʻl ochadi.

Masalan, 1985-yillarda chiqqan kino – “Kelajakka qaytib”da oʻsha zamon uchun begona va faqatgina xayoliy boʻlgan ixtirolarning koʻpi hozir yaratildi. Oʻylaymanki, ularning yaratilishida filmning roli katta. “Galaktikada bir kun” ham shunday ilhombaxsh asarlardan biri deb oʻylayman.

Asarni oʻqish davomida bir nechta “Zakovat”bop savollar tuzib qoʻydim. Muallifni maktabga chorlab, oʻsha kuni maktabda katta musobaqa uyushtirsakmi, deb oʻylayapman. Birinchi shart maʼlum – asar asosida “Zakovat” oʻyini. 2-shart rasmlar asosida asar voqeasini topish, 3-shart ixtirolar tanlovi (oʻquvchilar oʻz ixtirolarining taqdimotini qilishadi, yasashmasa ham loyihasi), 4-shart muallifning savollari.

Bular hozircha oʻylar, yanada pishitish kerak boʻlgan oʻrinlari bor, ammo umumiy konsepsiya aniq.

@birgap