Get Mystery Box with random crypto!

​ ''Garvard'' talabalarini ruhlantirish uchun aytiladigan so' | Edu HR | Ta'limiy Ish e'lonlari

''Garvard'' talabalarini ruhlantirish uchun aytiladigan so'zlar.

Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquni o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan. 

Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi. 

O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy. 

O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish. 

Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding? 

Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan. 

Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi. 

Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi. 

Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan. 

Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir. 
Manba

@EduHRuz — Ta'limga oid bo‘sh ish o‘rinlari