Get Mystery Box with random crypto!

​​Chet elda o'qishdan qaytaradigan ba'zi sabablar Bu faqat | Educonnect | Chet elda o'qish

​​Chet elda o'qishdan qaytaradigan ba'zi sabablar

Bu faqat boylar uchun.
Chet elda o'qish faqat boylar emas, hamma uchun. Agar sizning pulingiz bo'lmasa, unda sizga scholorship (stipendiya yoki grant) kerak. Biz aytgan stipendiya yoki grant chet elda biroz boshqacha. Bu ham pul, ammo bu byudjetda o'qish uchun beriladigan oz miqdorlar emas, universitetning o'qish xarajatlarini qoplash uchun beriladigan puldir. Chunki ko'pchilik davlatlarda budjetda o'qish degan tushuncha mavjud emas. Chet elda o'qish pullik, agar siz scholorship olsangiz, ko'p hollarda u o'qish xarajatlarini qoplash uchun beriladi. Turar joy, ovqatlanish va hokazolarni qoplaydigan stipendiyalar mavjud.

"Mening baholarim a'lo, shuning uchun o'qishga kirishim va stipendiya olishim aniq".
Yo'q, bu xato fikr. Universitetga kirish uchun baholari past bo'lganlar bilan sizning imkoniyatingiz bir xil. O'z imkoniyatingizni yaxshilash va scholorship uchun qabulga ta'sir qiladigan qo'shimchalar (IELTS, GMAT SAT, TOEFL) haqida ko'proq bosh qotiring. Kirish imtihon natijalari, yaxshi tayyorlangan hujjatlar, ro'yxatdan o'tishdagi aniqlik shular jumlasidandir . Sizning vazifangiz - zaif tomonlaringizni aniqlash va ularni kuchaytirish. Bizning tajribamiz va sizning xohishingiz va mehnatsevarligingiz bilan, siz albatta xalqaro talabalar qatoriga qo'shilasiz.

"Men chet elda o'qish uchun juda yoshdaman."
O'qish uchun vaqt hech qachon kech yoki erta emas. Qabul uchun ko'pincha quyi yosh chegaralari yo'q. Ammo, ba'zi mutaxassisliklar uchun yosh chegaralari mavjud (masalan, aktyorlik uchun), ammo ko'pchilik qabul komissiyalari belgilangan yosh chegaralaridan istisno tarzda, o'z salohiyatini isbotlay oladiganlarni qabul qilishga tayyor. Ko'pincha, yoshi muhim emas. O'rta maktabni qachon bitirganingiz ham muhim emas. Asosiysi, sizda maktab guvohnomasi borligidir. Agar u bo'lsa siz hoxlagan universitetingizga hujjat topshiraolasiz.

Educonnect sizga foydali maslahatlar berishga doim tayyor!