Get Mystery Box with random crypto!

​​Universitetga tezroq moslashish uchun tavsiyalar Siz do’stl | Educonnect | Chet elda o'qish

​​Universitetga tezroq moslashish uchun tavsiyalar

Siz do’stlaringizning o’qish haqidagi savoliga "Men talabaman!" deb hursandchilik va g’urur bilan javob berasiz. Endi sizning hayotingiz o'zgaradi. Talabalik va maktab hayotingiz o'rtasidagi asosiy farq sizning ko'proq erkinligingiz, o'zingizni tuta bilish va natija uchun harakatingizdir. Umidsizlik yuzaga kelmasligi va moslashish tez o'tishi uchun universitetning yangi talabasi nimalarni bilishi kerak?

Quyida sizga to'g'ri ta'lim strategiyasini tanlashga yordam beradigan ba'zi tavsiyalar ulashamiz:

Universitet sharoitlari va qoidalari bilan tanishing va ularga amal qiling. "Axborot kimga tegishli bo'lsa, u dunyoga egalik qiladi" (N. Rotshild, bankerlar sulolasi asoschisi). Ushbu gap uversitetning birinchi kurs talabasi bilishi kerak bo'lgan narsalar bilan bog'liq. Birinchi kurs talabalari uchun ta'luqli barcha ma'lumotlar bilan tanishib chiqing: bo'limlar, o'quv xonalari, ma'muriyat, dars jadvali. Bu sizga yangi o’quv joyingizda vaziyatni boshqarishda yordam beradi, darslarga aslo kechikmang;

Birinchi kundan boshlab darslarga qo'shiling, uy vazifalarini o'z vaqtida bajaring. O'qituvchilar belgilangan muddatlar to'g'risida eslatmaydilar, shuning uchun o’zingizni o’zingiz nazorat qilishga odatlaning;

Vaqtni to’g’ri taqsimlash (time management) uchun ikki og’iz: yumushlaringiz va vazifalaringizni kundaligingizga yoki smartfoningizning ilovasiga yozib oling. Eng asosiylarini avval bajarishga odatlaning;

Universitetda qanday qo'shimcha kurslar borligini bilib oling. Fakultetning iqtidorli yoshlari ro’yhatiga yoziling, ilmiy jamoalarga qo'shiling. Chet elda yoki hududingizdagi kompaniyada (Work and Travel) amaliyot o'tash imkoniyati to'g'risida ma’lumotlar to’plang va harakat qiling. Birinchi kursdan boshlab o’z portfelyoingiz ustida ishlang;

Sport va ijodiy-ijtimoiy tadbirlarda va jamoaviy loyihalarda qatnashing va shu orqali ijtimoiy doirangizni mukammal shakllantirishga harakat qiling. Boshqa fakultetning talabalari (networking) bilan ham tanishish;

Eng muhimi, maqsadingizni to’g’ri qo’ying va undan keyingi 4-5 yil davomida undan chetga chiqmang. To’g’ri motivatsiya sizga to'siqlarni yengishga va kutgangizdan ko'proq narsani qo'lga kiritishga yordam beradi.

Educonnect sizlarga foydali ma'lumot berishdan doimo mamnun!

@educonnect