Get Mystery Box with random crypto!

ТАЪЛИМ КЕЛАЖАК ПОЙДЕВОРИ. 📖

Telegram kanalining logotibi education_bank — ТАЪЛИМ КЕЛАЖАК ПОЙДЕВОРИ. 📖 Т
Telegram kanalining logotibi education_bank — ТАЪЛИМ КЕЛАЖАК ПОЙДЕВОРИ. 📖
Kanal manzili: @education_bank
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17
Kanalning ta’rifi

Бу каналда таълимга оид янгиликлар, Халқаро таълим дастурлари, янги методлар, #тқвим-мавзу режалар, #тестлар, қарорлар ва фармонлардан бериб борилади.
Постлар ўзбек ва рус тилида узатилади.
Таълим келажак пойдевори: https://t.me/Education_bank

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-03-29 19:28:27
#абитуриент
#мактаб_битирувчиларига

Имтиҳонда қўлга тушган абитуриентлар кириш имтиҳонларидан 5-7 йилгача четлаштирилиши мумкин
Батафсил

https://t.me/Education_bank
20 viewsТахририят, 16:28
Ochish/sharhlash
2022-03-27 10:47:58
Таълим инспекцияси: Аттестацияда пул, таниш-билиш аралашмайди

Ҳар йили педагоглар аттестацияси арафасида турли гап-сўзлар пайдо бўлади. Яқинда бир мактабда ўқитувчилар аттестация учун 500 доллардан пул йиғаётгани қулоғимизга чалинди. Ҳамон ўқитувчилар орасида ўз билимига ишонмасдан, аттестациядан қинғир йўллар билан ўтишга уринаётганлар йўқ эмас. Балки, кимлардир алдов йўли билан ўртада пул ишлаб олмоқчидир?

https://zarnews.uz/hfp

https://t.me/Education_bank
27 viewsТахририят, 07:47
Ochish/sharhlash
2022-03-26 18:48:19
Мактабларда 4 чорак 28 мартдан бошланади

28-март, душанба кунидан бошлаб барча мактабларда IV чорак бошланади.

Халқ таълими вазирлиги Вазирлар Маҳкамасининг «Умумий ўрта таълим тўғрисидаги низомни тасдиқлаш тўғрисида»ги қарорига кўра, Ўзбекистонда баҳорги таътил 21 мартдан бошланиб, ўқувчилар 7 календар кун дам олишини эслатган эди.

https://t.me/Education_bank
409 viewsТахририят, 15:48
Ochish/sharhlash
2022-03-26 18:10:45 ​​#Oʻqituvchi_fikri

Surxondaryolik oʻqituvchi Dildor Nurmuhamedovaning Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi oʻz sahifasida pedagoglar attestatsiyasi haqida bildirgan fikrlarini eʼtiboringizga havola qilmoqdamiz:

“Oʻqituvchilar attestatsiyasi haqida deyarli har kuni guruhlardan guruhlarga sakrab oʻtadigan negativ yondashuvli munosabatlarga duch kelyapmiz. Albatta, har kim oʻz qarashiga, oʻz fikriga, oʻz soʻziga ega va aytishga haqli.. Ammo, tanganing ikkinchi tomoni borligi hisobga olinmagan ayrim qarashlar ijtimoiy tarmoqda shu qadar u yoqdan bu yoqqa urilayotgan uchar “qush” boʻlyaptiki, atrofdagilarni ham taʼsir doirasiga tortmay qoʻymayapti. Natijasi esa maʼlum. Qoʻnim yoʻq... Toʻxtam yoʻq... Qaror yoʻq...

Azizlar, attestatsiya, ayniqsa, pedagoglar uchun judayam zarur. To pedagogik faoliyatimiz yakunlangunga qadar har kuni, har soat oʻqib izlanishimiz shart. Axir, buni bila turib shu kasbni tanladik. Xalq savodi, madaniyati, maʼnaviyati, turmush tarzi Siz bilan bogʻliq ekan, ulardan, eng birinchi navbatda, bilimda ustun boʻlish talab etiladi. Attestatsiya esa, tan olgimiz kelmay tursa-da, bizni izlanishga undaydi, bilimimizni charxlaydi (moddiy oʻsishga erishilishi yana bir mavzu). Aytgancha, bu yilgi baholash mezoni ham oʻzgargan-ku, 20 ball maktabniki(maktabning qoʻyib berayotgan bali ham alohida mavzu!).

“Maktabga borsak ham kitob, test; uyga kelsak ham kitob, test; qozon boshida ham; ovqatlanishda ham, xullas, attestatsiyaga tayyorlanish birinchi darajali boʻldi, qolgani qolib ketdi” – deya norozilik nafasi ufurib turgan suhbatlarni oʻqiysiz. Hoy, baraka topgur, aynan sinovga yaqin oylarda vaqtni tigʻiz qilib tayyorlanishga sabab nimada? Undan oldin, yaʼni bosh devorga taq etguncha eshikni topish yoʻllari izlanmaydimi, aslida. Faqat zarurat boʻlgandagina qoʻshimcha darslik, metodika, kitoblar oʻqiymizmi(“titamizmi?”).

“Falonchi ustoz attestatsiyadan oʻta olmagani uchun qon bosimi oshib ketibdi”, “Attestatsiyada oʻta olmadi, endi maktabda shogirdlariga nima deydi”, degan suhbatlar bor. Attestatsiyadan oʻta olmaslik hech qanday fojia emas-ku, yanada oʻz ustimizda ishlashga chaqiruv, xolos. Bunda hissiyotga berilish: asabbuzarlik, siqilish notoʻgʻri, menimcha.

“Boshqa sohalarda ham attestatsiya boʻlarmikan yoki faqat oʻqituvchilar uchunmi?” Ustozlarim-a, attestatsiya hamma sohada bor. Faqat biz bilmaymiz. Chunki ular shov-shuv qilmaydi, shunchaki odatdagi ish tartibi, tizimning qoidasi deb qabul qiladi. Ularning ham sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgani bor, oʻtmagani bor.. Oddiy misol, hayotda guvoh boʻlayotganim,albatta, temir yoʻl sohasida ishlayotganlardan biri, yaqinim, har uch oyda tashkiloti tomonidan ichki tartibga asoslangan sinovdan oʻtadi, uch yilda bir marta Bosh boshqarmasi tomonidan oʻtkaziladigan sinovdan oʻtadi. Agar oʻta olmasa-chi deysizmi, unda chilangarlik vazifasiga tushirilar ekan,yana oʻta olmasa-chi, unda qurilish brigadasida ishlar ekan. Shu holatlar amalda boʻlganmi? Albatta, boʻlgan. Ishlayman desa, oʻzini ishini mukammal bilishi kerak, axir, transport boshqaradi, odam tashiydi, yuk tashiydi. Har soniya masʼuliyat oldida javob berish kerak!

Ana... Biz-chi? Biz kasbimiz doirasida kimga va nimaga javobgarmiz?! Javob bir soʻzda: “Kelajakka!”

Jamiyatimizda boshqa kasblardagi kabi oʻqituvchi uchun imkoniyat katta. Faqat oʻqish, izlanish, yangilikka intilish, gʻoyalar yaratish va oqilona foydalanish lozim.

Aziz hamkasblar, xullas kalom, atrofingizdagi shunchaki gaplarga eʼtibor bermang! Attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtishingiz tarafdoriman. Maqsadingiz yoʻlida sizga faqat va faqat omad tilayman!

P. S. ......... shunchaki fikr

Hamkasbingiz."
манба

https://t.me/Education_bank
24 viewsТахририят, 15:10
Ochish/sharhlash
2022-03-26 15:53:10 ​Жорий йилда малака (тест) синовларида иштирок этувчи педагоглар диққатига!

Ҳурматли Устозлар,

Жорий йилнинг 25 мартидан 21 апрелига қадар Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларда педагог кадрлар учун малака (тест) синовлари ўтказилиши ҳақида хабар берилган.

Малака (тест) синовларида иштирок этувчи педагоглар рўйхати фанлар кесимида гуруҳларга ажратилиб, ҳудудий таълим бошқарув органлари томонидан таълим муассасаларига етказилган. Мазкур жадвалларда ҳар бир ўқитувчининг синовларга кириш вақти аниқ кўрсатилган.

Об-ҳав
о шароитидан келиб чиққан ҳолда, ортиқча оворагарчилик ва кутиб қолишнинг олдини олиш мақсадида аттестация синовларига шахсни тасдиқловчи ҳужжатлар (ПАСПОРТ ва мурожаат юборишда тўлдирилган сўровнома) билан ўзингиз учун белгиланган вақтдан ярим соат олдин етиб келишингиз етарли эканлиги маълум қиламиз.

Синовларга кирувчи ҳар бир талабгор ички ишлар ва миллий гвардия ходимлари томонидан текширилади. Бундан ташқари жараёнда шаффофликни таъминлаш учун маҳаллий депутатлар, ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлар ходимлари ҳамда кенг жамоатчилик вакиллари таклиф этилган

Агар сизга кимдир маълум миқдордаги тўлов эвазига малака (тест) синовларида ёрдам беришни таклиф қилса, дарҳол ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга мурожаат этишингизни сўраймиз.

Ўтказилаётган синовларда барча педагогларга омад тилаймиз!

https://t.me/Education_bank
21 viewsТахририят, 12:53
Ochish/sharhlash
2022-03-26 15:27:27
Педагоглар аттестацияси ўтказилмоқда

Айни кунларда Таълим сифатини назорат қилиш давлат томонидан ўқитувчилар учун педагоглар аттестациясининг малака (тест) синовлари ўтказилмоқда.

Мазкур синовларда 22 та фан бўйича 280 минг нафардан ортиқ ўқитувчилар иштирок этиши кўзда тутилган.

Жараён тафсилотлари билан "Ўзбекистон24" телеканали ижодкорлари томонидан тайёрланган лавҳа орқали батафсил танишишингиз мумкин.

Youtube(HD)да кўриш:



https://t.me/Education_bank
19 viewsТахририят, 12:27
Ochish/sharhlash
2022-03-24 05:13:28 Маълумотларни хотирада сақлаш

Аттестацияга тайёрланаётган педагог ҳодимлар учун

2 ҳафтадан сўнг сиз ....
10% - ўқиганингизни
20% - эшитганингизни
30% - кўрганингизни
50% - ҳам эшитиб, ҳам кўрганингизни
70% - кўриб, ёзиб олганингизни
90% - амалиётда ишлатганингизни ёдда сақлаб қоласиз.

Шу сабабли, агар бирон бир маълумотни хотирангизда мустаҳкамроқ сақламоқчи бўлсангиз, уни ёзиб олинг ва амалда қўлланг

Ўқиди.
@Shahzoda_07_01

https://t.me/Education_bank
24 viewsТахририят, 02:13
Ochish/sharhlash
2022-03-23 20:36:36
Аттестация натижаларини қаердан билиш мумкин?

Савол: Мен Тошкент шаҳридаги 300-ИДУМда ўқитувчи бўлиб ишлайман. 15 март куни тест топширдим. Олган балларимни қаердан текшириб кўрсам бўлади? Мактабдан олган балларим ҳам тест балларига қўшиладими?

Жавоб: Албатта, қўшиб ҳисобланади. Тест синовлари якунида компьютер мониторида фақат тест жараёнида тўплаганган баллар кўринади.

Пед
агогнинг шахсий кабинетида Аттестация жараёнларида тўплаган жами баллари акс эттрилади. ( Педегогик маҳорати ва психологик тайёргарлиги + Малака (тест) синовлари баллари)

Шунингдек, Педагогнинг шахсий кабинетига Педагог кадрнинг аттестациядан ўтганлиги тўғрисидаги электрон Сертификатлар ҳам юборилади

https://t.me/Education_bank
23 viewsТахририят, 17:36
Ochish/sharhlash
2022-03-23 15:17:44
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#Oʻqituvchi_fikri

18-mart kuni malaka (test) sinovlarida ishtirok etgan Sergeli tumanidagi 300-maktabning musiqa madaniyati fani oʻqituvchisi Shoira Po‘latova jarayon haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Youtube (HD)da ko‘rish:



https://t.me/Education_bank
23 viewsТахририят, 12:17
Ochish/sharhlash
2022-03-22 20:02:01 ​​Nega choraklik va yillik baholarda kunlik baholarni hisobga olmaslik kerak deyman?

Oʻrganish davomli hamda yigʻilib boradigan jarayon. Yaʼni butun yil davomida maʼlum malakaning biror qismi oʻrganilib yakunda u koʻnikma yoki malaka darajasiga yetib boradi.

Shunda har kuni qoʻyib boradigan baholarimiz hali shakllanib ulgurmagan koʻnikmani baholash hisoblanadi. Bu esa oʻquvchiga nisbatan adolatsizlik. Qanday qilib hali shakllanmagan koʻnikmani tekshirib, unga baho qoʻyib, yana oʻsha baholarni umumlashtirib yakuniy xulosa chiqariladigan bahoga taqab qoʻyish mumkin?

Choraklik baho bu xulosalovchi baho hisoblanadi. U oʻquvchining bilimi, koʻnikmasiga xulosaviy baho beradi. Kunlik baho esa bu shakllantiruvchi xususiyatga ega boʻlib u oʻquvchidagi muammolarni aniqlash va keyingi jarayonlarda bartaraf etishiga imkon berishdir.

Oddiyroq tushuntiraman, bolaga bugun asar bosh qahramonini aniqlashni oʻrgatdingiz va ogʻzaki savol-javob yoki kichik test orqali unga baho qoʻydingiz. U hali yaxshi tushunib olmagani uchun “3” baho oldi. Endi mantiqan oʻylab koʻring, birgina 45 daqiqada 35 ta oʻquvchiga bosh qahramonni topishni oʻrgatib qoʻyish mumkinmi? U bu koʻnikmani bir nechta darsdan keyin, ayniqsa, ikkinchi darajali qahramonlarni aniqlash mavzusidan keyin yaxshiroq tushunib oladi va oʻsha paytda “5” baho oladi. Chorak oxirida esa siz oʻsha boshida qoʻyilgan 3 va keyinroq qoʻyilgan “5” ni qoʻshib ikkiga boʻlasiz va “4” qoʻyib berasiz. Mana shu adolatdanmi sizningcha, axir u endi bosh va ikkinchi darajali qahramonlarni topishni “5” bahoga bilyapti-ku!

Mana shulardan kelib chiqib men kunlik baholarni choraklik va yillik baholarda hisobga olish toʻgʻri emas deb hisoblayman va bu fikrimda sobitman.
манба

https://t.me/Education_bank
24 viewsТахририят, 17:02
Ochish/sharhlash