Get Mystery Box with random crypto!

O'quv jarayonini samaraliroq qilish uchun: - O'rganishingiz k | Edu Line

O'quv jarayonini samaraliroq qilish uchun:

- O'rganishingiz kerak bo'lgan ma'lumot hajmini aniq belgilab oling. Masalan 20 bet kitob, 30ta yangi so'z yoki shu kabilar... Bu sizga ishni oxirigacha bajarishingizga yordam beradi.

- Yodingizdan ko'tarilishi mumkin bo'lgan kerakli ma'lumotlarni yozib oling. Ma'lumotning mayda elementlarini e'tiborsiz qoldirmang. Ko'pincha keraksiz ko'ringan axborotlar aslida eng muhimi bo'lishi mumkin.

-TIzimli tarzda o'rganing, ya'ni kunlaringizni rejalashtiring. Ma'lumot qanchalik ko'pligi emas, jarayonning qanchalik bardavomligi muhim ekanligini yodingizdan chiqarmang.

-O'rganganlaringizni boshqalarga tushuntiring. Agar buning imkoni bo'lmasa o'zingizni videodarsligingizni olib saqlab qo'ying. O'zingiz uchun ham, boshqalar uchun ham foydali bo'lishi mumkin.

-Muhimi ishtiyoq va qiziqishni oshirib boring. Jarayonni murakkablashtirmang, o'zingiz uchun qiziqarli mashg'ulotga aylantiring. Orada kichik tanaffuslar qilib turishingiz mumkin.