Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Hurmatli o‘quvchilar hamda ota-onalar! | ''EDIFY'' o‘quv markazi

Assalomu alaykum! Hurmatli o‘quvchilar hamda ota-onalar!

O‘quv markazimizda 2023 yil 10 yanvar SESHANBA kuni matematikadan OYLIK IMTIHONLAR bo‘lib o‘tadi.

Imtihon vaqti barcha guruhlar uchun soat 9-00 dan 10-30 gacha (matematika 1-2-3-4-5-6-7-8-guruhlari uchun) (matematika 30 ta test)

Abituriyentlar (1-2-guruhlar) uchun 30+10 ko‘rinishida 40 ta savoldan iborat oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonining asosiy va majburiy matematikasi shaklida bo‘ladi. Ball tizimi ham 3.1 ball va 1.1 ball ko‘rinishida hisoblanadi. 30 minut qo‘shimcha vaqt beriladi.

Imtihonga qatnashuvchi barcha o‘quvchilar belgilangan vaqtda o‘quv markaziga yetib kelishlari shart!

Oylik imtihonda matematikadan 30 ta test hamda har bir test uchun 3 minutdan vaqt beriladi.

Har bir misolning qiyinlik darajasiga ko‘ra 2.3 balldan 4.4 ballgacha baholanadi. Maksimal ball - 100 ball.

Imtihon natijasiga ko‘ra o‘quvchilar bilim darajasiga qarab, guruhlarga qayta taqsimlanadi.

Imtihonga ruchka, qalam va o‘chirg‘ichdan boshqa narsa olib kirish mumkin emas!

Kech qolganlar kiritilmaydi hamda takroriy sinov olinmaydi!