Get Mystery Box with random crypto!

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlar orqali Bog'ot tumanida 'O | Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Bog'ot tumanida "Oqtepa" mahallasi Feruz ko'chasidagi ko'p qavatli uylardan chiqayotgan oqava suvlar kanalizatsiya qudug'i to'lib atrof muhitga chiqib ketganlik holati bo'yicha qilingan murojaat yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Bog'ot tuman bo'limi davlat inspektorlari hamda tegishli tashkilot hodimlari bilan birgalikda joyiga chiqgan holda o'rganish ishlari olib borildi.

O'rganish davomida muommolar to'liq bartaraf etilib quvirlar tozalandi. Kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi bo'yicha tegishli tashkilotlarga hamda fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Matbuot xizmati