Get Mystery Box with random crypto!

Ekologik reyd tadbirlari Xonqa tumanida ham davom etmoqda Xor | Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi

Ekologik reyd tadbirlari Xonqa tumanida ham davom etmoqda

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Xonqa tuman bo'limi
davlat inspektorlari tomonidan o'tkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari davomida fuqaro D.X tomonida "Qirqyop" qishlog'i "Obod" mahallasidan oqib o'tuvchi kanalga maishiy chiqindilarni tashlab, suvni ifloslantirilganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasida fuqaro D.Xga nisbatan O'zbekistan Respublikasi MJtKning 72-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari yani 900 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Matbuot xizmati