Get Mystery Box with random crypto!

Xayrli tong, go‘zal Farg‘ona vodiysi! Kecha sizlarda ta’lim | Eco-schools Uzbekistan

Xayrli tong, go‘zal Farg‘ona vodiysi!

Kecha sizlarda ta’lim eko-oromgohlari yakuniga yetdi. Ishtirokchilar qamrovi 790 nafarni tashkil etdi.
Har bir shahar dasturga o‘ziga xos hissasini qo‘shdi.

Faol Farg‘ona mustaqil ravishda Quvasoy, Yozyovon, Rishton va Bog’dodda treninglar o‘tkazishni boshlab yubordi.

Jo‘shqin Andijon raqs va o‘yinlari bilan dasturimizga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Shu kuni onlayn ulangan ishtirokchilar soni 800 nafardan oshdi.

Mehnatkash Namangan kecha, bahorning ilk kunida ta’lim eko-oromgohidan so‘ng haqiqiy xashar tashkil etdi. Ekologik tashabbuskorlik va mas’uliyat hissi uchun rahmat!

Tadbirlar davomida Tabiat resurslari vazirligi mutaxassislari, Yoshlar ishlari agentligi xodimlari va ko‘ngillilari, BMT Taraqqiyot dasturining ekspertlari ishtirokchilar bilan faol muloqot qildilar.

Oromgohlar nechog‘lik foydali bo‘ldi, sizda qanday yangi g‘oyalar paydo bo‘ldi, kelajakda dasturdan nimalarni kutyapsiz - izohlarda yozib qoldiring.

Tez kunda Surxondaryoda uchrashguncha!

__

Доброго утра, Красавица – Ферганская долина!

Вчера у вас завершились образовательные эко-лагеря. Охват составил 790 участников.
Каждый город внёс особый вклад в программу.

Активная Фергана уже самостоятельно проводит тренинги в Кувасае, Язъяванcком, Риштанском и Багдадском районе.

Зажигательный Андижан разнообразил нашу программу активными танцами и играми.
Он-лайн подключения в этот день превысило 800 участников.

Трудолюбивый Наманган вчера, в первый день весны, устроили настоящий хашар после образовательного эко-лагеря. Благодарим за эко-инициативу и ответственность!

В мероприятиях активный диалог с участниками вели специалисты Министерства природных ресурсов, сотрудники и волонтеры Агентства по делам молодежи, эксперты ПРООН.

Пишите в комментариях было ли полезно, какие появились у нас новые идеи, что ждёте от программы в будущем.

До скорых встреч в Сурхандарье!

Zamin | Facebook | Instagram