Get Mystery Box with random crypto!

“Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi boshlan | JIZZAX EKOPARTIYA

“Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi boshlandi

Kecha xabar berganimizdek, bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga start berildi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizda katta tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Xamzayev, Tabiat resurslari vaziri A.Abduhakimov, Toshkent shahar hokimi v.b. B.Rahmonov hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugun butun dunyoda ekologik muammolar kattalashib borayotgani, suv taqchilligi, iqlim o‘zgarishlari haqida gapirib, bu muammolarni faqatgina yashil hududlarni ko‘paytirish orqali yengib o‘tish mumkinligi, buning uchun “Yashil makon” umummilliy loyihasini yurtimiz bo‘ylab samarali tashkil etish, har bir daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va uning parvarishiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlashdi.

Batafsil

Facebook | Instagram | Web site | You Tube