Get Mystery Box with random crypto!

#energiya Winter has come! (Qish keldi) Hozir barchamizni o' | Economic process

#energiya

Winter has come! (Qish keldi)

Hozir barchamizni o'ylantirayotgan, g'azablantirayotgan, sovuqqottirayotgan, kasal qilayotgan masala - Tok o’chishiga sabab nima?

Gaz yetishmayapti.
O’zbekistonda elektr energiyasi 90 foizi gazdan olinadi. Kamayib borayotgan bo'lsa ham gazimiz borligi rost. Lekin, u daraxtda o’smaydi. Gaz qazib olishni ozimiz eplay olmaymiz. Birovlar yer tagidan qidirib gaz topib bergani va qazib chiqarib bergani uchun bir qism gazni o’ziga olib qoladi. Boshqa tarmoqlarda ham gazga talab bor, masalan, 70 foiz avtomobillarimiz metan gazida yuradi.

Talab izchil oshib bormoqda. Aholi soni oshib borishi bo’yicha dunyoda birinchilardanmiz. O’tgan yil qishga nisbatan 1 millionga ko’paydik, axir. Korxonalar soni oxirgi 4 yil ichida 2 barobar oshgan va hozir ham oshib bormoqda. Ular ham tok va gazsiz ishlay olmaydi.

Juda samarasiz ishlatamiz. Stansiyalar ishlab chiqargan elektrni yarmini o’zi istemol qiladi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, issiqlik elektr stantsiyalari umumiy samaradorligi 45 foizga teng. Sanoatimiz ham, qishloq xojaligimiz ham, davlat tashkilotlari ham elektr energiyasidan samarasiz foydalanadi. Bu borada dunyoda 10 talikka kiramiz.

Arzon narsani qardi bo’lmaydi. Elektr energiyasi narxi eng arzon davlatlar qatoriga kiramiz. Davlat elektr va gazni tannarxidan past sotadi. Farq davlat byudjetidan qoplanadi. Britaniyaning Cable portali maʼlumotlariga koʼra eng arzon elektr energiyasiga ega 230 ta davlatlar reytingida Oʼzbekiston 7-oʼrinni egallagan. Oxirgi 4 yil ichida elektrga narxlar oʼzgarmagan, boshqa narxlar barobariga oshib ketgan bo’lsa ham. TVni ko'rmayotgan bo'lsangiz o'chirib qo'ying, shundan foyda!

Mavsumiylik juda seziladi. O’zbekistonda elektr iste’moli mavsumga qarab ikki barobar oshib ketishi mumkin. Toshkentda yozda, viloyatlarda qishda oshadi. Bu degani quvvatini birdaniga 2 barobarga oshira oladigan stansiyalar kerak, unaqalar bormi o’zi?

Iste’mol notekis taqsimlangan. 90 foiz aholi elektr energiyasini yarmini iste’mol qiladi. Qolgan 50 foiz 10 foiz aholi tomonidan istemol qiladi. Kim ular, nega oddiy odam ishlatishi mumkin bo’lgan darajadan 5 barobar ko’p iste’mol qilmoqda? Ovqat o'rniga elektr yeydimi?

Elektr uzatish tizimlari (transformatorlar, similar) eskirib ketgan. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda, elektr energiyasining magistral tarmoqlarida oʼrtacha texnologik yoʼqotishlari 2,7 foizni tashkil qilsa, bu kursatkich hududiy taqsimlovchi tarmoqlarida 12,5 foizga teng. Baʼzi magistral elektr uzatish tarmoqlari 30-60 yildan beri ekspluatatsiya qilib kelinmoqda va ortiqcha nagruzkaga bardosh bera olmay yonib ketadi. Shuning uchun kezi kelganda tokni o'chirib turishadi.

Mentalitet. Aholi arzon va juda energiya sigimli isitish moslamalarini (spiral pechkalar) ishlatishga moyil. Bu tarmoqdagi “napryajenie”ni oshirvoradi desa ham hech kim tushunmaydi, natijada butun mahalla toksiz o’tiradi.

Muammoni bildik, uni hal qilish qoldi xolos!

@eresearch_iqtisodiyot