Get Mystery Box with random crypto!

Badiiy adabiyotning bitta qiziq xususiyati - obrazlar konkret | Economic process

Badiiy adabiyotning bitta qiziq xususiyati - obrazlar konkret va ayni paytda umumlashma boʻladi, yaʼni ular oʻziga xos va ayni paytda har kim oʻziga tanish jihatlarni koʻradi.

Rus yozuvchisi Vladimir Voynovichning "Moskva 2024" satirik antiutopiyasi bor. Asar bosh qahramoni, dissident yozuvchi Karsev kelajak Moskvasiga sayohat qiladi. U yerda dono yoʻlboshchi rahnamoligida kommunizm qurilgan, toʻkin-sochinlik (toʻgʻri, bu toʻkinlik hamma uchun emas, faqat tanlanganlar uchun). Rahnamoga yaqin rahbarlardan biri super-kompyuter ixtiro qilganini aytadi va ixtiro qattiq qoʻriqlanadigan xonaga olib kiradi. Karsev qarasa - xona boʻm-boʻsh, ixtiro aldov boʻlib chiqadi. "Bu haqda hech kim bilmaydimi?" degan savolga "Hamma biladi, albatta, lekin shunisi qulay" degan javob oladi.

Bu lavhada avtoritar rejimlarning bir xususiyati koʻrsatilgan. Bu rejimlarni aksar hollarda "rahnamo"ga yaqin ("доступ к телу"), bordan yoʻq va yoʻqdan "bor" qila oladigan, hamma sohani "gullatadigan" "fokuschi" funksionerlar ushlab turadi.