Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiyot_《total essence》

Telegram kanalining logotibi economics_ite — Iqtisodiyot_《total essence》 I
Telegram kanalining logotibi economics_ite — Iqtisodiyot_《total essence》
Kanal manzili: @economics_ite
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.00K
Kanalning ta’rifi

✅ Specialists;
✅ Teachers;
✅ Students;
🏆🥇Maqsadimiz o‘zining ilmi, salohiyati, tirishqoqligi, mashaqqati va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun!
https://t.me/osmondagibolalarr

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-03-06 19:00:24 Brend tushunchasi marketingdagi muhim tushunchadir. Brend bo‘lmasangiz, mavjud emassiz. U holda siz kimsiz? Siz – oddiy tovarsiz.

Filip Kotler, xalqaro marketing professori
840 views16:00
Ochish/sharhlash
2023-03-05 09:49:46
Coca-Cola va omadsiz reklama.
 
    Kòpchilik bilmaydigan Coca-Colaning omadsiz reklama kompaniyalaridan biri Saudiya Arabistonda yuz bergan. Kompaniya marketologlari Saudiya bozorlarini egallashni maqsad qilib, yangi reklama posterini tayyorlashdi. Posterda 3ta ketma-ket rasm mavjud bòlib, birinchi rasmda chòl jaziramada holdan toyib yotgan odamni, ikkinchi rasmda Cola ichayotgan odamni va uchinchi rasmda Colani ichib, kuchiga kuch qòshilib yugurib ketayotgan odamni kòrish mumkin edi.
    Bir qarashda hammasi mantiqan tushunarli holatda. Biroq bu reklama Saudiyada negativ kayfiyat hosil qiladi va kompaniya mahsulotiga nisbatan mamlakatda agressiv munosabat boshlanadi.
     Bunga sabab marketologlarning yòl qòygan òta qòpol xatosi edi. Ular bir narsani e'tibordan chetda qoldirishgan edi. Axir bu mamlakat -Saudiya Arabistoni! U yerda hamma narsa òngdan chapga qarab òqiladi-ku! Soğlom holda yurgan odam Cola ichib holdan toyib yotib qolsa... Buni kim ham xohlaydi deysiz))
 
https://t.me/Economics_ITE.
1.4K views06:49
Ochish/sharhlash
2023-03-05 09:37:12
https://t.me/Economics_ITE
1.2K views06:37
Ochish/sharhlash
2023-03-03 07:17:02
ASSALOMU ALAYKUM!
     Kecha_ "Mamlakatlar tanazzuli sabablari: Qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari" mavzusida juda foydali suhbat tashkil etish etildi. Ovozli suxbat yuqori postimizda .

  
https://t.me/Economics_ITE
1.3K viewsedited  04:17
Ochish/sharhlash
2023-03-03 06:56:13
JUMANING FAYZ-U BAROKATI SIZGA VA AHLINGIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN!

ALLOH TA'OLOning salomi,
Payg‘ambar ﷺning duolari,
Qur’oni Karimning nuri va fayz-u barakotli Jumaning tarovati kun davomida siz bilan birgalikda bo‘lsin!

Salovot aytishni unutmang:
SOLLALLOHU ALAYKA YAA ROSULALLOH

https://t.me/Economics_ITE
1.1K views03:56
Ochish/sharhlash
2023-03-02 05:28:33 Birinchi o‘rinda dastlab iqtisodiy bilim olishni boshlayotganlar uchun amerikalik makroiqtisodchi, Garvard universiteti iqtisodiyot professori Nikolas Gregori Menkyuning “Iqtisodiyot asoslari” kitobidan boshlashni tavsiya qilamiz. Muallif mazkur kitobida iqtisodiy nazariyaning o‘nta asosiy tamoyillari haqida batafsil ma’lumot beradi. Talab va taklif, iste’molchini tanlash, daromadlar, jamoat mahsulotlarini taqsimlash va boshqalar haqida keng qamrovli, ammo sodda tarzda izoh beradi.

       Ikkinchi o‘rinda London Iqtisodiyot maktabi professori, amerikalik antropolog va jamoat arbobi, anarxist Devid Greberning mashhur “Qarz: Birinchi 5000 yillik tarix” asarini o‘qishni tavsiya qilamiz. Bu asarda tanga ixtiro qilinishidan oldin tovar-pul munosabatlarini o‘rganish. Uning bosqichlari, shakllanishi va rivojlanishi muxtasar bayon etilgan. Kitobda jamiyatning qarzdor va kreditorlarga bo‘linishi pul paydo bo‘lishidan ancha oldin shakllanganligi isbotlab berilgan.            
    
        Uchinchi o‘rinda amerikalik iqtisodchi va libertarist jurnalist Genri Styuart Xezlittning “Iqtisodiyot bir darsda” asari iste’molchilar va tadbirkorlarning xatti-harakatlarini o‘rganib chiqadigan neoklassik iqtisodiyotga kirish uchun ajoyib qo‘llanma vazifasini o‘taydi. Qisqa, lo‘nda va tushunish oson bo‘lgan bu mashhur asar, dastlab 1946 yilda nashr etilgan. Asarda – soliqlar, ishlab chiqarish, inflyasiya va iqtisodiy tushunchalar batartib, kishining me’dasiga tegmaydigan tarzda aniq va sodda misollar bilan ko‘rsatib berilgan.
       
        To‘rtinchi o‘rinda o‘zbek kitobxonlariga ham yaxshi tanish bo‘lgan, shotlandiyalik iqtisodchi, faylasuf-axloqshunos, iqtisodiy nazariya fanining asoschilaridan biri Adam Smitning “Xalqlar boyligi” kitobini o‘qishni tavsiya etamiz. Ushbu kitob iqtisod olamida eng ko‘p tarqalgan kitoblardan biri bo‘lib, o‘quvchiga kapitalning tabiati, turli xalqlar o‘rtasida farovonlikning rivojlanishi va mehnat unumdorligini oshirish sabablari haqida tushuncha beradi.
   
       Beshinchi o‘rinda Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi Mervin King tomonidan yozilgan “Al-kimyoning oxiri” asarini o‘qish ayni muddao. Bu asar g‘arbda oxirgi besh yilda juda mashhur bo‘lib ketdi. Angliya bankining sobiq xodimi Mervin King bank tizimining biznes modeli hayotiy emasligini isbotlab berishga harakat qilgan. U o‘z asarida bu modelni bozor iqtisodiyotidagi eng “portlovchi” bo‘g‘in deb hisoblagan. Kitobda muallif buning sabablari va muammoni hal qilish yo‘llari haqida o‘z iqtisodiy qarashini bayon qilgan.

     Oltinchi o‘rinda hindistonlik, investor va menejer Ruchir Sharmaning “Shtatlarning o‘sishi va qulashi” asarini o‘qishni tavsiya qilamiz. Ushbu asarda Ruchir Sharma Morgan Stanley Investment Managementda 20 milliard dollarlik aktivlarni boshqarib o‘z tajribalari asosida iqtisodiy istiqbollarini baholash uchun o‘nta qoidalarni shakllantirgan. O‘zining prognozlarida u aholi o‘sish sur’atlari, inflyasiya, yalpi ichki mahsulot va boshqa asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilib kitobxonga sarmoyasini qanday boshqarishni va ko‘paytirishni tushuntirib bergan.
  
https://t.me/Economics_ITE
1.1K views02:28
Ochish/sharhlash
2023-03-02 05:28:06
Dunyo iqtisodiyotini anglashga yordam beradigan 6 ta eng zo‘r kitoblar.
895 views02:28
Ochish/sharhlash