Get Mystery Box with random crypto!

Dollar oshishi kimga foyda va kimga zarar? Eksport qiluvchila | Iqtisodiyot_《total essence》

Dollar oshishi kimga foyda va kimga zarar?

Eksport qiluvchilarga foyda, chunki masalan 10 ming so'mga maxsulot ishlab chiqarib  chetga 1 dollardan sotyapti, dollar oshsa, bu 10ming so'm 0.9 dollar bo'lib qoladi va chet ellik xaridor uchun arzonlashadi, natijada eksporter ko'proq sotishi mumkin.

Importchilarga zarar. Chunki 10 dollardan olib kerayotgan narsasini 100 mingdan sotayotgan bolsa, dollar  oshsa bu maxsulot narxi  110 mingga aylanada. Natijada xaridor kamayadi, chunki xaridor asosan so'mda oylik oladi. Biror firma xom ashyo import qilishda ham dollar oshishidan zarar ko'radi, chunki xom ashyo narxi qimmatga tushadi, ishlab chiqaradigan maxsuloti qimmatlashadi. Bu firma monopol bo'lsa zarar iste'molchiga ko'chadi.

Talab inelastik bo'lgan import tovarlari, ya'ni narxi qancha bo'lsa ham aholi sotib olishga majbur yoki istagi bor import tovarlari holatida aholi zarar ko'radi.

Dollarda qarz olganlar zarar ko'radi. Chunki foyda/daromad asosan so'mda, qarzni esa dollarda qaytarish kerak.