Get Mystery Box with random crypto!

15-aprel – har yili dunyoning ko'plab mamlakatlarida nishonlan | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

15-aprel – har yili dunyoning ko'plab mamlakatlarida nishonlanuvchi Xalqaro ekologik bilimlar kuni.

Bu kundan maqsad ekologik bilimlarni targ'ib qilish, ekomadaniyatni shakllantirish, shuningdek, aholini dolzarb ekologik muammolar va atrof-muhit holati to'g'risida xabardor qilishdir.

Sayyoramizning kelajagi yosh avlodning ekologik madaniyatiga bog‘liq ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Global ekologik muammolarni faqat global va milliy miqyosdagi birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bilan hal qilishimiz mumkin. Qolaversa, har bir inson o’zi yashaydigan joyning ekologiyasi uchun mas'ul bo‘lishi kerak.

O'zingizni va tabiatni asrab-avaylang!

Instagram | Telegram | Facebook