Get Mystery Box with random crypto!

Rasmiy munosabat 2023-yilning 5-aprel kuni Qashqadaryo viloya | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Rasmiy munosabat

2023-yilning 5-aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Yashnobod mahallasi hududiga Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan qoʻngʻir ayiq tushib kelganligi xabar qilingandi.

Shu kuni taxminan soat 23:00 larda ayiq Qumdaryoga yaqin joydagi jarlikda hosil boʻlgan gʻor ichiga kirib olgan. Birozdan so‘ng bu yerda mahalliy aholi to‘plangan. Mahalliy hokimlik vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘z vaqtida tegishli chora-tadbirlar koʻrilmaganligi bois ayiq bezovtalanib, jarlikdan tepaga chiqishga uringan. Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i A. B. atrofga yig‘ilgan aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida ovchi D.A. ga ayiqqa o‘q uzishga ko‘rsatma bergan. Natijada ayiqning joni uzilgan.

Toshkent hayvonot bog‘i vakillari hodisa joyiga yetib borganida ayiq nobud bo‘lgan edi.

Mazkur holat o‘rganilishi davom etmoqda. Masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan va buning oqibatida qoʻngʻir ayiqning oʻlimiga sabab bo‘lgan masʼullarga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralari koʻriladi.

Ta'kidlash joizki, ayiqning terisi shilib olingani haqidagi foto va xabar haqiqatga zid. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratning Chiroqchi tumanidagi voqeaga aloqasi yo‘q. Ayni damda ushbu holat yuzasidan ham o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site