Get Mystery Box with random crypto!

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin,  ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23°.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-23° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-14° iliq bo‘ladi.

http://www.hydromet.uz