Diqqat, tanlov! Birinchi marta o‘zbekistonliklar uchun “W | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology
Diqqat, tanlov!
Birinchi marta o‘zbekistonliklar uchun “Wiki yerni sevadi” fototanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov ekologik resurslarga bag‘ishlangan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladi. 2023-yilda ushbu tanlovda 37 mamlakat ishtirok etadi, ularning orasida O‘zbekiston ham bor.
Tanlovning maqsadi: “Wikipedia” onlayn ensiklopediyasi va unga turdosh loyihalarni O‘zbekistonning tabiiy obyektlari tasvirlari bilan boyitish, mamlakatimiz tabiatiga keng omma e’tiborini jalb etish va eko-turizmni rivojlantirish.
Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot
Batafsil
Keling, O‘zbekistonning go‘zal tabiatini butun dunyoga ko‘rsataylik!
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining rasmiy kanali:. . • www.eco.gov.uz. • Facebook.com/ecogovuz. • youtube.com/c/ecogovuz. • twitter.com/ecogouz. • ...