Get Mystery Box with random crypto!

'Zamin' fondi tomonidan BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

"Zamin" fondi tomonidan BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi va milliy hamkorlar bilan birgalikda "Toza havoning inson hayoti sifati uchun ahamiyati" mavzusida muhokama o‘tkazildi.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva o‘z kirish so‘zida:

"Sayyoramiz kelajagi - hammamizniki, demak, atrof-muhit holatiga har birimiz javobgarmiz, o‘zimizdan boshlab xususiy sektorgacha, jamoat tashkilotlaridan hukumatlargacha - hammamiz birgalikda ish olib borishimiz shart.

Bu borada amallarning katta-kichigi yo‘q, atrof-muhit uchun barcha harakatlar: o‘simliklarga zarar yetkazmaslik yoki kichik daraxt ekish ham, katta korxonalarda chiqindilarni kamaytirish ham o‘ta ahamiyatli", deb ta’kidladi.

Tadbirda “Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida erishilgan natijalar taqdimot qilindi, bu boradagi xalqaro tajriba muhokama qilindi, havoni nazorat qilish chora-tadbirlarini eng namunali xalqaro amaliyotga muvofiq holda takomillashtirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.

Zamin | Facebook | Instagram