Get Mystery Box with random crypto!

Self-study o'zi nima? Bunda nimalarga e'tibor berish kerak? | Easyielts uz

Self-study o'zi nima? Bunda nimalarga e'tibor berish kerak?

Self-study qilmoqchiman, lekin nimadan boshlasam degan savol sizni ham qiynaydimi? Unda bu postimiz aynan siz uchun.

Self-study - bu darslardan tashqari o'z ustida individual ishlash hisoblanadi.

Eslatma: Ko'r-ko'rona o'rganishga self-study deyilmaydi, aniq reja asosida o'z ustingizda ishlashga aytiladi.

Ingliz tilini o'rganishda o'zingiz self-study qilmoqchi bo'lsangiz, ushbu ko'rsatmalar sizga yordam berishi aniq:
Aniq reja tuzing
Ishonarli manbalardan foydalaning
Darajangizdan kelib chiqib material tanlang
Muntazam shug'ullanib boring.

Shuningdek, eng muhimi o'z qobilyatingizni to'g'ri baholang! Agarda siz endi ingliztilini o'rganishni boshlagan bo'lsangiz, sizga faqatgina o'qituvchi to'g'ri yo'nalish ko'rsata oladi. Ingliz tili darajasini ko'tarish uchun esa self-study sizga yaxshi yordam beradi.

Keyingi postimiz qanday manba va material tanlash kerakligi haqida bo'ladi.

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!