Get Mystery Box with random crypto!

Kibr haqida. Kibr shunaqangi yomon narsaki siz kibrli bo'lsan | Front - End Website | Projects

Kibr haqida.

Kibr shunaqangi yomon narsaki siz kibrli bo'lsangiz mobodo buni sezmaysiz ham. Atrofdagilarga esa yaxshigina seziladi. Shu payt yaqin do'sting "hey Allohdan qo'rq" deb tursa qani endi?.

Men hozir qisqa hayotimda kibrni keltirib chiqaradigan narsalar deb o'ylagan omillar haqida yozmoqchiman.

Birinchidan, Kibrining asosiy sababi bu moliyaviy quvvatlilik ya'ni pul. Puli ko'p odamninig ko'pchiligi kibrga tushib qolayotganligini bugun chuqurroq his qildim. Ular puli deyarli yoq oila a'zolarini deyarli odam o'rnida ko'rmaydilar ham. Siz agarda bu insonni yaqindan bilgan bo'lsangiz. Va puli ko'paygandan so'ng hech kimga davralarda gap bermasligi, va aksincha u davraga qo'shilmay ketishligi ham mumkin. Ikkalasi ham kibrning alomati. Puli ko'paygan tanishingiz ko'cha ko'yda umiman gap bermay o'zini osmon bilib birovni mensimay qolganligini hamma ko'rgan bo'lsa kerak.

Endi bir tajriba o'tkazamiz. Siz o'zingiz bilgan puli ko'p har ishi o'rnida har ishi joyida bo'lgan insonni hamma boyligi sizda bo'lganda nima qilar edingiz. Aqlingizga umuman oxirigacha erkinlik bering. Aytingchi nima qilar edingiz ?. Zalolatga botarmidingiz yoki u boylikni kerakli yo'llarga sarflar edingizmi?. Agar zalolatga yursangiz bu boylik sizga nasib qilmaganligiga shukur qiling. Undan ko'ra hozirga darajangiz va kibringiz osmon bolmagan balki yo'q bolgan darajangiz sizga yaxshi emasmi?.

Esda tuting. Pulning bori ham yo'g'i ham sinov. Biz bu gap bilan boy odam yomon odam demoqchimasmiz. Puli bor odam kibr qilmasa, pulini robbisi rozi bo'ladigan joyga sarflasa u insondan zo'r odam yoq. Kibr insonni yeb bitiradi.

Ikkinchi omil, Chiroyi oshib qolgan, inson boshqalardan kibr qilishni boshlashi mumkin. Birorta tanishi unga chiroy ochib qolganligini aytsa kibrlanib ketish ehtimoli oshib ketadi. Shayton ham shu tomondan kelib xunukroq, ehtimol terisi qoraroqdir, sochi hunukdir. Uni mensimasikikka o'tadi. Bu holatni men ko'p kuzatganman. Bu holat asosan va yoshlarda uchraydi. Meni bilishim bo'yicha bu holat qizlarda ko'proq uchrasa kerak.

Xullas, nima bo'lgan taqdirda ham kibrlanmaslik kerak, sizdan moliyaviy ko'rinish va boshqa jihatdan past insonlarga kibr nazari bilan qaramasligimiz zarur. Qayerdan bilamiz balki, uni qalbi biznikidan yuz ming chandon go'zaldir. Va uni Alloh olida darajasi juda yuqoridir siznikidan buni bilmaymiz. Sizga yaxshi munosabatda gapirdimi siz undan yaxshiroq muomilada bo'lishga harakat qiling. Sizni mensimadimi ya'ni kibr qildimi siz ham unga yarasha javob qiling. Bu tavoz'e hisoblanadi ( Ulamolar mazuzasidan xulosa ).