Get Mystery Box with random crypto!

Easy English with Firuza

Telegram kanalining logotibi easyenglishwithfiruza — Easy English with Firuza E
Telegram kanalining logotibi easyenglishwithfiruza — Easy English with Firuza
Kanal manzili: @easyenglishwithfiruza
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-09-09 12:49:24 ​​ 8-LESSON 8-DARS

There is , there are u yerda bor degan ma’noni bildirib, biror joyda biror nima borligini bildiradi.

Masalan: There is an apple in the fridge. Xolodilnikda olma bor.

There is/are ni have/has dan farqi, have/has biror shaxsda yoki predmetda biror nima borligini bildirsa, there is/are esa biror yerda biror nima borligini bildiradi.

There’s a boat. U yerda qayiq bor
There are three fish. U yerda uchta baliqlar bor.

Oldingi mavzuimiz ya’ni 7-darsda o’tganimizda, biz sizga “is” ni birlik “are”ni esa ko’plik uchun ishlatilishini aytib o’tgandik, xuddi shunday ‘ there is – birlikdagi otni, there are esa ko’plikdagi otlarni borligini ko’rsatish uchun qo’llaniladi.

Masalan:
There is a pen on the table. (stol ustida ruchka bor)
There are two pens on the the table. (stol ustida ikkita ruchkalar bor)

Biz there is/are dan inkor gap yasaganimizda to be fe’li (is/are) dan keyin not yuklamasi qo’yiladi va u yerda yo’q deb tarjima qilinadi.

Masalan: There is not a pen in my bag. Mening sumkamda ruchka yo’q.
There are not five flowers in the classroom. Sinfxonada beshta gullar yo’q.

Biz there is/are dan so’roq shaklini yasaganimizda esa to be fe’li (is/are) egadan oldinga qo’yiladi va u yerda bormi deb tarjima qilinadi.

Masalan: Is there a cat in your home? Sizning uyingizda mushuk bormi?
Are there two copybooks in your bag? Sumkangizda ikkita daftaringiz bormi?

Ingliz tilida ko’pincha to be fe’lini qisqartmalaridan foydalaniladi. There is/are ni quyidagicha qisqartirib foydalanish mumkin.
there is = there’s
there is not = there isn’t
there are not = there aren’t
140 viewsedited  09:49
Ochish/sharhlash
2022-09-08 09:02:58
​ 7 LESSON 7-DARS

Have yoki have got bor bo’lmoq, ega bo’lmoq degan ma’nolarni anglatadi.
Masalan: I have a book. Yoki I have got a book.
Biz III shaxs birlik uchun (he, she, it) has ishlatamiz, qolgan barcha shaxslarga have ishlatiladi.
Masalan: She has got a pen. He has apples.

Have gotdan inkor yasalganda, have va got orasiga not yuklamasi qo’yiladi.
Masalan: I have not got a pen. Menda ruchka yo’q
They have not got a dog in their house. Ularning uyida it yo’q.
Have got = ‘ve got
Has got = ‘s got
Have not got = haven’t got
Has not got = hasn’t got

Savol shaklini yasash uchun esa have yoki has egadan oldinga qo’yiladi.
Masalan: Have you got a pen? Ruchkangiz bormi?
Has Lily got a brother? Lilyning akasi bormi?

Savollarga qiyidagicha qisqa javob berish mumkin:
Have you got a pen? Yes, I have/ No, I haven’t
Has she got two pens? Yes, she has / No, She hasn’t
118 views06:02
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:15:19 Good afternoon everyone if you have questions you may ask from me.
108 views13:15
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:14:17 6-Lesson 6-Dars

Demonstrative pronouns ko’rsatish olmoshlari bo’lib, biror shaxs, narsa yoki predmet ko’rsatilganda ishlatiladi.

Ko’rsatish olmoshlari 4ta bo’lib, ular: this, that, these va those.
This – bu (yaqindagi 1ta narsa uchun)      This is a pen.
These – bular (yaqindagi 1dan ortiq narsalar uchun) Those are pens.
That – u, anavi (uzoqdagi 1ta narsa uchun)   That is a kite.
Those – anavilar, ular (uzoqdagi 1dan ortiq narsalar uchun) Those are kites


Ko’rsatish olmoshlaridan inkor yasalganda to be fe’lidan so’ng not yuklamasi qo’yiladi.
Masalan: This is a flower.             This is not a flower.
Those are elephants.       Those are not elephants.

Ko’rsatish olmoshlari bilan savol tuzish to be fe’li egadan oldinga qo’yish orqali yasaladi.
Masalan: This is a flower.             Is this a flower?
Those are children.       Are those children?
108 viewsedited  13:14
Ochish/sharhlash
2022-09-07 10:28:02 To be fe’li bo’lmoq, hisoblanmoq degan ma’noni bildiradi yoki o’zbek tilidagi -man, -san, -dir qo’shimchalariga to’g’ri keladi. To be fe’lini asosan ot, sifat, son bilan ishlatiladi.

To be fe’lining 3 ta shakli mavjud. Ular shaxslarga qarab tuslanadi. Bular: am, is, are
Biz doimo I-shaxs ya’ni I bilan to beni am shaklini ishlatamiz.
II-shaxs you bilan esa are ni
III-shaxs ya’ni he, she, it bilan esa is ni qo”laymiz.
Ko’plikda barcha shaxslar ya’ni we, you, they ga are ishlatamiz.

I am a pupil. Men o’quvchiman. (ot bian)
He is 18 years old. U 18 yoshda(dir). (son bilan)
This flower is beautiful. Bu gul chiroyli(dir). (sifat bilan)

To be ni qisqartma shakli:

Ingliz tilida to be ni qisqartma shakli ko’p uchraydi. Bular:
I am – I’m
You are – You’re
He is – He’s
She is – She’s
It is – It’s
We are – We’re
They are – They’re

To be ning inkor shakli:

To be ni inkor shaklini yasash uchun to be dan keyin not yuklamasi qo’yiladi.
I am not a pupil. Men o’quvchi emasman.
He is not 18 years old. U 18 yoshda emas.
They are not beautiful. Ular chiroyli emas.

To be ning savol shakli:

To bening savol shakli yasash uchun o be fe’lini egadan oldinga qo’yiladi.
Masalan:
You are a pupil. Sen o’quvchisan
Are you a pupil? Sen o’quvchimisan?
Javob berish: Yes, I am/No, I am not
108 views07:28
Ochish/sharhlash
2022-09-06 14:11:00 ​​ LESSON 5 5-DARS

Personal pronouns-Kishilik olmoshlari

Ingliz tilida personal pronouns deganda kishi (shaxs)ni o’rniga ishlatiladigan olmoshlar tushuniladi.
Masalan:
Dilshod is my brother.  He is my brother. (Dilshod mening akam. U mening akam)
Bu yerda Dilshod ot bo’lsa, he uning o’rnida ishlatilyapti. Ya’ni shaxs o’rniga qo’llanilmoqda.
Children are playing in the garden. They are playing in the garden.
(Bolalar bog’da o’ynashyapti. Ular bog’da o’ynashyapti).

Ingliz tilida 3ta shaxs mavjud. I-shaxs so’zlovchi, II-shaxs-tinglovchi, III-shaxs boshqa, suhbatga aloqasi
bo’lmagan odam

Birlikda (Singular)
I-shaxs       I – men
II-shaxs      you – sen, siz
III-shaxs     he, she, it – u

Ko’plikda (Plural)
I-shaxs      we – biz
II-shaxs     you – sizlar
III-shaxs    they – ular

Biz HE deb faqat erkak kishi yoki og’il bolaga, SHE deb faqat qiz yoki ayolga, IT deb esa narsa buyum va jonivorga nisbatan ishlatamiz. O’zbek tiliga u deb tarjima qilinadi. Ko’plik shaklida esa hammasiga faqatgina they (ular) qo’llaniladi.
106 views11:11
Ochish/sharhlash
2022-09-06 14:10:35
90 views11:10
Ochish/sharhlash
2022-09-06 13:55:12 Professions - kasblar

Accountant - hisobchi
Actuary - sug'urta ishlari bilan shug'ullanuvchi
Administrator - administrator
Analyst - tahlilchi
Architect - arxitektor
Archivist - arxivchi
Artist - rassom
Author - muallif
Baker - novvoy
Barber - erkaklar sartaroshi
Bartender - bar xizmatchisi
Barrister - advokat
Beautician - kosmetolog
Bookkeeper - buxgalter
Bricklayer - g'isht teruvchi
Broadcaster - radioeshittiruvchi
Builder - quruvchi
Care worker - tez yordam xodimi
Carpenter - duradgor
Chef - oshpaz
Chemist - kimyogar
Cleaner - farrosh
Comedian - komediyachi
Counselor - konsul
Decorator - dekoratsiyachi
Dentist - tish shifokori
Doctor - shifokor
Driver - haydovchi
Editor - muharrir
Engineer - injiner
Enterpreneur - tadbirkor
Farmer - fermer
Firefighter - o't o'chiruvchi
Florist - gul sotuvchi
Hairdresser - salonchi, stilist
Historian - tarixchi
Inspector - inspektor, nazoratchi
Instructor - instruktor, o'rgatuvchi
Judge - sudya
92 views10:55
Ochish/sharhlash
2022-09-06 10:09:38
Speaking time with my pupil but in first time with some mistakes
95 viewsedited  07:09
Ochish/sharhlash
2022-09-05 20:35:25
Bu rasmda ko'rsatilgan otlarni ko'plikka o'zgartiring. Misol uchun:
1 power-powers buladi keyingilariga ham -s,-es,-ies qo'shimchalaridan mosini qo'yib yozing. Albatta mavzuni tez o'zlashtirishga va esizda tezroq qolishiga yordam beradi
93 views17:35
Ochish/sharhlash