Get Mystery Box with random crypto!

​ 9-LESSON 9-DARS Ingliz tilida can modal fe’li qila olmoq | Easy English with Firuza

​ 9-LESSON 9-DARS

Ingliz tilida can modal fe’li qila olmoq degan ma’noni bildiradi va egadan keyin qo’yiladi.
Masalan: I can read. (Men o’qiy olaman)
I can swim. (Men suzolaman).

Can barcha shaxslar uchun bir xil ishlatiladi. I can, you can, he can va h.k.
Biz can modal fe’lidan inkor gap yasamoqchi bo’lsak odatga ko’ra can dan keyin not yuklamasi qo’yamiz. Masalan:
I can not swim. (Men suza olmayman)
You can not run. (Siz yugura olmaysiz)

Can dan so’roq gap yasalganda esa can modal fe’li egadan oldinga qo’yiladi. Masalan:
Can you sing? (Qo’shiq ayta olasanmi?)
Can she speak English? (U ingliz tilida gapira oladimi?)