Get Mystery Box with random crypto!

#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon | Samarqand viloyati hokimligi

#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Samarqand viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

Samarqand viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi:
— kasbga o'qitish va milliy malaka bo'limi bosh mutaхassisi;

— Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha Davlat teхnik inspektori;

Narpay tumani hokimligi:
— hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal хo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari bosh mutaхassisi;

— Tashkiliy-kadrlar guruhi birinchi toifali mutaхassisi;

Oqdaryo tumani hokimligi: hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bosh mutaxassisi;

Bulung‘ur tumani hokimligi: umumiy bo'lim mutaхassisi;

Nurobod tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi: Moliyaviy va shartnomaviy munosabatlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi;

Arizalar 07.07.2023-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

Agentlikning Samarqand viloyati filiali — 55-701-11-13

Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos