Get Mystery Box with random crypto!

#Fozil_odamlar_shahri Qalb shunday bir asosiy a'zoki, badanni | Elektron kutubxona

#Fozil_odamlar_shahri

Qalb shunday bir asosiy a'zoki, badanni undan boshqa hech qanday aʼzolar bilan idora qilib bo'lmaydi. Undan keyin miya keladi. U ham asosiy a'zolardan sanaladi. Lekin uning raisligi birinchi darajali bo'lmay, balki ikkinchi darajadadir. Bu shuning uchunki, u barcha a'zolarni boshqarishini qalb bilan idora qiladi. U faqat qalbgagina xizmat qiladi. Shunisi ham borki, uning tabiatidan maqsadi qalbga xizmat qilish boʻlgani uchun boshqa a'zolarga ham xizmat qiladi. Bu xuddi uy egasi boʻlgan kishiga o'xshaydi. U o'z tabiatidan odamlarga xizmat qilishi borasida oʻz xoʻjayiniga xizmat qiladi, uning oʻziga esa hovlining barcha odamlari xizmat qilganidek. Ikkala holatda ham xoʻjayinning istagiga koʻra xizmat qilishi turgan gap. Miya yurakdan keyin uning oʻrinbosari sifatida ish yuritib, xuddi uning xizmatini bajo keltiradi, shunda u asosiy a'zo moslanmagan holatga u moslanib oladi, shu bilan birga u yurakning olijanob xatti-harakati xizmatini bajo keltirib yuradi.
Shundan ma'lum boʻlishicha, qalb tugʻma haroratning bulog'idir. Harorat undan boshqa barcha a'zolarga oʻtadi, shunday qilib qo'llab-quvvatlanadi, oziq oladi. Bu esa tabiiy hayot ruhini yoʻgʻon tomirlar vositasi bilan qalbdan a'zolarga yuborish bilan bajo etiladi. Qalbning saqlanishi uzoq muddat davom etadigan haroratning tabiiy a'zolar ichida koʻrinishida davom etadi. Miya (addimog') qalb uzatadigan haroratni yumshatadi, shu bilan har bir a'zoga yetishadigan harorat unda oʻrtacha - moʻtadil holatda boʻladi. Bu miyaning eng avvalgi fe'l-harakatlaridan boʻladi. Shu bilan birga u avvalgi va umuman a'zolarga yetkazadigan xizmati sanaladi.

- Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri"

@e_kutubxona