Get Mystery Box with random crypto!

#Fozil_odamlar_shahri Bir toifa odamlar ham borki, ular tafak | Elektron kutubxona

#Fozil_odamlar_shahri

Bir toifa odamlar ham borki, ular tafakkuri zaifligi tufayli haqiqatdan chalg'ib ketadilar va tasavvurlaridan qay biri toʻgʻri-yu, qay biri yolgʻon, ajratolmay qoladilar. Ular hech bahs talab qilmaydigan haqiqiy tasavvurni ham yolg'on deb o'ylaydilar. Ular haqiqatni anglash uchun yaqinroq borganlarida zehni zaifligi tufayli chalg'ib ketadilar va haqiqatni aslidan boshqacha tushunib, yolg'onni oʻzlaricha haqiqat deb o'ylaydilar. Mabodo ularga tasavvurlari yolg'on tuyilsa, ular oʻzlarining tasavvurlari yolgʻon ekanligini bilmay asl haqiqatni yolg'on deb o'ylaydilar. Oqibatda bu odamlar "umuman haqiqat yoʻq, haqiqatga yetishdim deganlar oʻz- o'zini aldovchilardir, odamlarni haqiqat yo'lidan boshlamoqchi boʻlganlar yolg'onchi, kazzoblardir, ular bunday kattaroq mansabga yoki boylikka erishish maqsadida shunday soʻzlarni aytmoqdalar" deb o'ylaydilar. Pirovard natijada bu toifa odamlarning ba'zilari gangib qoladilar, boshqalari narsa va hodisalarni olisdan koʻruvchi yoki tushida (gʻira-shira) ko'ruvchi odamga o'xshab, haqiqat bor-ku ammo, uni bilishga odamzodning aqli yetmaydi, deb o'ylaydilar. Bunday odamlar oʻzlari bilgan narsalarni ham buzib talqin etishga intilib, erishgan narsalarini haqiqat emas, balki buzib talqin qilganlarini haqiqat deb o'ylaydilar.

- Abu Nasr Forobiy "Fozil odamlar shahri"

@e_kutubxona