Get Mystery Box with random crypto!

Bunga sabab shuki, uning uchun gilam rasmi, devor, to‘siq, g‘o | Elektron kutubxona

Bunga sabab shuki, uning uchun gilam rasmi, devor, to‘siq, g‘ovga terilgan toshlar a’lo va mukammal darajada tartib berilgan harflardan tuzilgan eng go‘zal sahifa o‘rnini bemalol bosa oladi. Alifbo harflari bitilgan varaq uning uchun birdan-bir, yagona kitobga aylanishi ham mumkin.

Ha, shunday, bu oxirgi bosqichdagi kitobxon ortiq kitobxon emas. Unga Gyote bir pul, Shekspir ham chikora. Ana shu so‘nggi darajadagi kitobxon endi, umuman, kitob o‘qimaydi. Ha-da, kitob unga ne darkor? Axir, butun olam uning o‘zida mujassam emasmi?
Uchinchi guruhda uzoq to‘xtab qolgan odam kim bo‘lmasin, ortiq kitob o‘qimay qo‘yar edi. Ammo, unda hech kim uzoq turib qolmaydi. Shunday bo‘lsa ham, harholda, kimki mana shu uchinchi bosqich bilan tanish emas ekan, yomon, xom, g‘o‘r, dumbul kitobxondir. Chunki u dunyoning butun poeziyasi va butun falsafasi o‘zida mujassam ekanligini bilmaydi, zero, eng buyuk shoir ham har birimizda mavjud o‘sha pinhoniy sarchashmadan ulgi oladi, axir. Hayotingda aqalli bir martagina mayli, faqat bir kunga uchinchi – bosqichda bir bo‘lgin – ana keyin (ortingga yengil qaytib), mavjud barcha bitiklarning ancha durust o‘quvchisiga, tinglovchisiga va sharhlovchisiga aylanasan. Shu bosqichda atigi bir martagina bo‘lib ko‘rgin, shunda sen uchun yo‘l bo‘yida yotgan tosh ham Gyote yoki Tolstoy qadar ma’no kasb etadi, – so‘ngra sen Gyote, Tolstoy va boshqa barcha yozuvchilardan beqiyos ulkan ma’no-mazmun, ilgarigidan ham ko‘ra ko‘proq shira-sharbat va asal olasan, hayotga va o‘z-o‘zingga ishonching yana-da ortadi. Negaki, Gyote asarlari, bu – Gyote emas, Dostoyevskiy jildlari, bu – Dostoyevskiy emas, bu – ularning urinishlari, o‘zlari markazida turgan dunyoning ko‘povozliligi va ko‘pma’noliligini bosish, pasaytirish yo‘lidagi, hech qachon oxiriga yetmaydigan umidsiz, tushkun urinishlari, xolos.

- Hermann HESSE

@e_kutubxona