Get Mystery Box with random crypto!

RIVOJLANISHNING 8 TA QIRRASI Agar siz muvaffaqiyatga erishish | $^*≠±Λ#%^&

RIVOJLANISHNING 8 TA QIRRASI

Agar siz muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, hayotingizni har tomonlama rivojlantirishingiz juda zarur! Tasavvur qiling sizning pulingiz ko'p, siz mashhursiz ammo sog'liq bilan bog'liq muammolar sizni tark etmayapti. Yoki siz sog'lomsiz, baquvvatsiz ammo pulingiz kam va doimiy ravishda moliyaviy muammolarda yurasiz.

Yuqoridagi holatni hayotda ko'p kuzatishimiz mumkin. Bitta qoidani yaxshilab eslab qoling: MUVAFFAQIYAT - BU TIZIM. Yani siz yoki har tomonlama muvaffaqiyatga erishasiz, yoki sizning muvaffaqiyatingiz muvaffaqiyat bo'lmaydi.

Shuning uchun men sizga ishlashingiz kerak bo'lgan 8 ta yo'nalishni ko'rsatmoqchiman. Rivojlanish uchun 8 ta g'oya bermoqchiman. Agar siz ularning barchasi ustida ish olib borsangiz, katta ehtimol bilan haqiqatdan muvaffaqiyatli odamga aylanasiz. Qani ketdik

1. FIZIOLOGIYA

Birinchi o'rinda tushunishingiz kerak bo'lgan narsa bu - biz hammamiz biologik qonunlarga bo'ysunamiz. Inson shunaqa yaralgan va bu narsani o'zgartirib bo'lmaydi. Shuning uchun tanangizni yaxshilab parvarishlashingiz kerak. Sport, to'g'ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va hokazo oddiy narsalarni unutib qo'ymang. Aks holda muammolarga uchrashingiz mumkin. Agar iloji bo'lsa inson tanasi qanday ishlashi, iste'mol qiladigan ovqatlarimizda qanday ozuqalar borligini o'rganing. Yiliga 2 marta mutaxassislarga ko'rinib kerakli analizlarni topshirib turing.

2. STRESS VA NEGATIV

Stress - bu organizmning turli xil ta'sirlarga nisbatan yuzaga keladigan reaktsiyasi. Agar doimiy ravishda stressda bo'lsangiz, siz deyarli hech narsaga erisha olmaysiz. Albatta stressning foydali tomonlari ham bor, ammo ular me'yoriy tabiatga ega. Agar stress me'yoridan ortiq bo'lsa u sizga judayam qattiq salbiy ta'sir o'tkazishi mumkin. Shuning uchun stressni oldini olish elementlarini o'rganing, yoki yaxshi psixologga uchrab turing.

3. ATROF MUHIT

Muvaffaqiyatda eng asosiy narsalardan biri, bu atrof muhitdir. Agar atrofingizdagi insonlar doimiy ravishda sizga negativ ta'sir o'tkazishsa, katta ehtimol bilan siz muvaffaqiyatga erisholmaysiz. Shuning uchun netvorking haqida kitoblar o'qing, turli xil siz bilan birga rivojlanishni xohlaydigan insonlar bilan tanishing, klublarga qo'shiling, treninglarga boring. Atrofingizdagi odamlarni yaxshilab tanlashni o'rganing, chunki ular keyinchalik sizga juda katta ta'sir o'tkazadi.

4. REJALASHTIRISH VA VIZUALIZATSIYA

Men klassik vizualizatsiyaga mutloq qarshiman! Menimcha vizualizatsiyadan qanday qilib to'g'ri foydalanish mumkinligini o'rgatadigan kitoblar deyarli yo'q. Ko'pchilik vizualizatsiya deb tushungan narsa deyarli ishlamaydi. Ammo vizualizatsiyani to'g'ri ishlatish mumkin! Bu haqida alohida kontent qilaman (nasib).

Rejasiz ish keltirar tashvish. 1 soat rejalashtirish 10 kun ishni o'rnini bosadi. Rejalashtirish ustasi bo'lmasangiz ham, hech yo'q oddiy topshiriqlar ro'yxatidan foydalaning. Shuni o'zi sizga ancha yordam beradi.

5. PRAYMING

Agar kayfiyatingizni boshqarmasangiz, kayfiyatingiz sizni boshqaradi. Kayfiyatga qaram bo'lmaslik uchun maqsadda fokus ushlashni o'rganishingiz kerak. Buning uchun to'g'ri tuzilgan maqsadlar ro'yxati kerak bo'ladi. Albatta kayfiyatni boshqarish haqida alohida kontent qilaman. Hozircha hayotingizni tartibga keltirishga harakat qiling. Missiyangiz nima? maqsadlaringiz qanaqa? rejalaringiz tuzib olinganmi? Qanchalik tartibda yashasangiz, shunchalik kayfiyatni boshqarish oson bo'ladi.

6. HARAKAT

Mening eng yaxshi ko'radigan joyim - HARAKAT! Orzu qilib o'tirish bilan ish oxirigacha bormaydi. Harakatni boshlash kerak. Buni men bepul marafonlarimda va Superintizom kursimda tushuntirib berganman. Kam bo'lsayam, sekin bo'lsayam, harakatni to'xtatmang va cho'zib yurmang. Hoziroq boshlang.

7. ENERGIYA

Ko'pchilik dam olishni unutib qo'yishadi. Agar telefoningizni quvvatlantirmasangiz u ishlamay qoladi. Miya va tana bilan ham huddi shu holat. Quvvatlantirilmagan har qanday narsa ishlamay qoladi. Bu hayot qonuni! Shuning uchun uyqu rejimini to'g'irlang va dam olish kunlarini rejalashtiring.