Get Mystery Box with random crypto!

#kundalik_com Xatolik tufayli bitta fan nomi dars jadvaliga 2 | E-BAZA UZBEKISTAN

#kundalik_com

Xatolik tufayli bitta fan nomi dars jadvaliga 2 xil kiritilgan bo'lsa...

Agar xatolik tufayli turli choraklarda bir fan uchun turli jurnallar yaratilgan bo‘lsa, masalan, sinfda 1-chorak uchun dars jadvaliga “Matematika” fani qo‘shilgan, qolgan choraklarda esa “Algebra” fani ko‘rsatilgan. . “Algebra” fanidan jurnalda barcha chorak baholari ko‘rsatilishi uchun birinchi chorak jadvalida yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish zarur.

Tuzatish uchun quyidagi amallarni bajaring:
1. Ma’lumotlar yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun “Matematika” fanidan birinchi chorak uchun jurnal va dars rejasining zaxira nusxasini saqlang:

* "Jurnallar" bo‘limiga o‘ting;
* sinfni va “Matematika” fani jurnalini tanlang;
* ochilgan jurnalda birinchi chorakni tanlang va yuqori o‘ng burchakdagi excel fayli tasviri bilan tugmani bosing va faylni kompyuteringizga saqlang;
* darsni rejalashtirishga o‘ting, "Eksport" tugmasini bosing va faylni saqlang.

2. Birinchi chorak dars jadvalidagi xatolikni tuzating:

* "Dars jadvali" bo‘limiga o‘ting;
* sinf va 1 chorakni tanlang;
* "Butun davr uchun jadval" tugmasini bosing;
* kerakli kunlarda kursorni "Matematika” fani ustiga olib boring va “minus” tugmasini bosing;
* "Darsni o‘chirish" tugmasini bosing;
* "plyus" tugmasini bosib bo‘shatilgan qatorga "Algebra" fanini qo‘shing. Noto‘g‘ri kiritilgan har bir kun uchun amalni takrorlang.

Eslatma: dars jadvalidan o‘chirilganda, unga bog‘liq barcha ma’lumotlar (baholar, dars mavzulari va uy vazifalari) dars bilan birga o‘chiriladi. Shuning uchun, jadvaldagi ma’lumotlarni ehtiyotkorlik bilan o‘chirish va "Tozalash" tugmasini bosmaslik kerak. Dars jadvali tozalangandan so‘ng, u bilan bog‘liq barcha jurnallar o‘chiriladi va ularni qo‘lda tiklashingiz mumkin bo‘ladi.

3. “Algebra” fanidan 1 choraklik bo‘sh jurnalga baholar va dars rejasi bilan avval saqlangan ma’lumotlarni quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilgan holda import qiling:
https://help.kundalik.com/hc/ru/articles/360003702799

Kundalik.com uchun videodarslar

https://t.me/+RB46SumTAlozYzli

O'qituvchiga Maxsus kanalimizga obuna bo'ling
https://t.me/+R8VUJ4FqRkVmZGVi
https://t.me/+R8VUJ4FqRkVmZGVi