Get Mystery Box with random crypto!

E-BAZA ISH REJA

Telegram kanalining logotibi e_baza_ishreja — E-BAZA ISH REJA E
Kanaldagi mavzular:
Emaktab
Telegram kanalining logotibi e_baza_ishreja — E-BAZA ISH REJA
Kanaldagi mavzular:
Emaktab
Kanal manzili: @e_baza_ishreja
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 196.96K
Kanalning ta’rifi

📚Ta'limga oid barchasini biz bilan kuzatib boring
✅YouTube kanalimiz: http://surl.li/gpddq
🌐Reklama xizmati uchun: @e_baza_rek
⏯Videodarsliklar
@e_baza_uzbekistan
Obuna bo'lishni unutmang😉

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-04-30 13:33:11
Buxgalter kasbini 2 oy ichida noldan balansgacha egallang!

Mualliflik dasturi:
Kursimiz 70% amaliyot va 30% nazariyadan iborat.

Kurs kimga mos keladi?
- talabalar;
- o'z kasbini o'zgartirmoqchi bo'lganlar;
- yengi kasbini o'rganmoqchi bo'lganlar;
- 3 yildan kam ish stajiga ega buxgalterlar;
- tadbirkorlar.

Boshlanishi: Har hafta
Davomiyligi: 2 oy, 24 dars.

Prezentatsiya uchun telegram bot orqali ro'yxatdan o'ting

Ro'yxatdan o'ting
20.3K views10:33
Ochish/sharhlash
2024-04-30 08:57:00 Yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxati

9-sinflar uchun:
Ona tili va adabiyot (yozma)
Matematika (yozma)
Davlat tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun)
Tarix (og‘zaki)
Jismoniy tarbiya (amaliy)

11-sinflar uchun:
Ona tili va adabiyot (yozma, insho)
Matematika (yozma)
O‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun) (yozma, og‘zaki)
O‘zbekiston tarixi  (yozma, og‘zaki)
Chet tili  (yozma, og‘zaki)
O‘quvchining tanlovi bo‘yicha: Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya (yozma).


Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
@ebazaga_bot

O'qituvchilar uchun maxsus kanalimiz
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
31.6K views05:57
Ochish/sharhlash
2024-04-30 06:27:56 O‘QUVCHILARIMGA

Ilm-u, urfon,bog‘larida,
Ochilgan gul, lolamsiz.
Ko‘zim nuri,qalbim qo‘ri,
Mening asl bolamsiz.

Bugun Vatan sizga shunday,
Umid bilan qaraydi,
Kunduz quyosh,tunlari oy,
Sochlaringiz taraydi.

Mening quvnoq bolalarim,
Beray sizga mehrimni,
Qo‘lingizga qalam tutib,
O‘rgatay bor sehrimni.

Mening qirqta jonim sizsiz,
Qirta orzu,tilagim,
Sizga boqsam yashnar dilim,
Yashnab ketar yuragim.

Unib o‘sib yetuk bo‘ling,
Tilagayman baxt iqbol,
Biringiz zo‘r olim bo‘ling,
Biringiz zo‘r shifokor.

O‘qituvchi bo‘ling yoki,
Arxitektor,quruvchi,
Advakat yo sudiya,
Halq koriga yaruvchi.

Ilm bilan oshno bo‘ling,
Ilm kerak har tanga,
Halq farzandi bo‘ling doim,
Sodiq bo‘ling Vatanga.

O‘zbekiston farzandisiz,
Vatanning sha’n,orisiz,
Taraqqiyot tog‘larini,
Zabt etguvchi qorisiz.

Yetuk bo‘ling hayotda siz,
Fahr,g‘urur tuyay men,
Kelajakda hammangizga,
A’lo baho qo‘yay men.

Xurshid Karim
t.me/Xurshid_Karim

Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
@ebazaga_bot

O'qituvchilar uchun maxsus kanalimiz
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
36.0K views03:27
Ochish/sharhlash
2024-04-29 16:39:24 Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi

Qur’a natijalari bo‘yicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tishlari uchun mashqlar va normativlar belgilandi.

Qiz bolalar:
8-bilet

1. Yengil atletika. Yugurib kelib kichik (150 gr) tennis to'pini uzoqlikka uloqtirish.
Me'yor: (metr) 28 – 23 – 18 – 13
2. Gimnastika. Arg'amchida 1 daqiqa davomida sakrash.
Me'yor: (marta) 120 — 100 — 90 — 80
3. Basketbol. Basketbol savatiga belgilangan jarima to'pini 8 imkoniyatdan
tashlash.
Me'yor: (marta) 4 —3 —2 — 1

O‘g‘il bolalar
10-bilet

1. Yengil atletika. 2000 metr masofaga vaqt hisobga olingan holatda yugurish.
Me'yor: (daqiqa) 9,30 – 10,00 – 11,00 – 12,00
2. Gimnastika. Baland turnikda tortilish (bajarish texnikasiga e'tibor berish).
Me'yor: (marta) 10 – 8 – 6 – 4
3. Futbol: Futbol to'pini "aut"dan o'yinga kiritish (bajarish texnikasiga e'tibor berish).

Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
@ebazaga_bot

O'qituvchilar uchun maxsus kanalimiz
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
58.7K viewsedited  13:39
Ochish/sharhlash
2024-04-29 06:01:01

9-sinf oʻquvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar 2024-yil 1-6-may kunlari o'tkaziladi

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinf oʻquvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar 2024-yil 1-6-may kunlari malakali tibbiyot xodimlarining nazorati ostida oʻtkaziladi (jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlar hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar bundan mustasno).

Asos: MMTVning 2024-yil 20-martdagi 87-sonli buyrug'i

Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
@ebazaga_bot

O'qituvchilar uchun maxsus kanalimiz
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
47.2K views03:01
Ochish/sharhlash
2024-04-28 20:10:51 ​​Oʻqituvchilar haqida haqiqatlar va ularga nasihatlar

-Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

-Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

-Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi.

-Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, doʻst boʻla oladi.

-Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak.

-Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor.

-Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga taʼlim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak.

-Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi.

-Oʻqituvchilik-bu hali ustozlik degani emas.

-Oʻqituvchilik-bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir.

-Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

-Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman.

-«Darsimda pashsha uchsa bilinadi»-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

-Amir Temur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi.

-Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida. Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

-Bugun sinf rahbarlik olib, uning masʼuliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini «tashlab» yuborish kerak.

-Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz boʻlsa.

-Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

-Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman.

-Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat, yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin.

-Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uningku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq.

-Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

-Biz ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda aʼlochi boʻlishlari uchun koʻmak berishimiz kerak.

-Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak.

-Shogirdlariga faqat taʼlim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi. Shogirdlariga taʼlim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi.

-Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

-Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra, shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi.

-Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi.

Oʻqituvchi va ustozlarga yuborib qoʻying!

@BahoIashUz
29.5K views17:10
Ochish/sharhlash
2024-04-28 20:06:09 E-BAZA Boshlang'ich kanali o'z faoliyatini boshladi!!!

Sizlarga yanada oson bo'lishi uchun boshlang'ich ustozlar uchun alohida yana bir kanalni ishga tushurdik.

E-BAZA Boshlang'ich kanalida siz: ish rejalar, tarqatma materiallar, darsliklar, hujjatlar, metodikalar, yangiliklar, fayllar va o'qituvchiga kerakli bo'lgan barchasini topishingiz mumkin.

1-sinf ustozlar kanali

2-sinf ustozlar kanali

3-sinf ustozlar kanali

4-sinf ustozlar kanali

Boshlang'ich ustozlar uchun
https://t.me/addlist/rVyHM4zPVU8wNzk6
https://t.me/addlist/rVyHM4zPVU8wNzk6
24.8K views17:06
Ochish/sharhlash
2024-04-28 19:32:00
XALQARO va MILLIY darajadagi sertifikat olish endilikda juda oson!

BIZ BILAN BIRGALIKDA TURK TILINI ÕRGANIB KARYERANGIZDA YUKSALING!

MAGISTRATURAGA KIRMOQCHIMISIZ?

DOKTARANTURA uchun ta'lim olmoqchimisiz ?

Chet elda ham õqib ham GRAND yutmoqchimisiz?


UNDA BU IMKONIYAT SIZ UCHUN!

Turk tili imkoniyatlar eshigi

Kurslarimizga yoziling va 3-5 oy ichida siz ham davlat sertifikatiga ega bõling!
Turkcha oʻqish
Yozish
Tinglab tushunish
Gapirish
malakalaringiz shakllantiriladi!

Hoziroq ro'yxatdan oʻting! ‍

Kursga yozilish uchun admin:
@Menedjer_turk'ga murojaat qiling

FAOLIYATIMIZ HAQIDA BATAFSIL BIZNI KUZATIB BORING:
https://t.me/Turk_tilini_organamiz_turktili

Telegram  | Instagram | Natijalar
24.7K views16:32
Ochish/sharhlash
2024-04-28 19:06:17 O'QUV YILINING 4-CHORAGI BO'YICHA TA'LIM SIFATI MONITORINGINI O'TKAZISH TARTIBI O ‘quv yilining yakuni bo‘yicha ta’lim sifati monitoring jarayoniga 2-7-sinf o‘quvchilari amaliy fanlardan (musiqa, rasm, texnologiya, jismoniy tarbiya) jalb qilinadi.…
25.6K viewsedited  16:06
Ochish/sharhlash
2024-04-28 17:59:57
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan biri boʻlgan MATEMATIKAdan 2 oylik onlayn kurs ochildi

Birinchi dars BEPUL( )
Mavzular roʻyxati: https://t.me

Uydan chiqmasdan majburiy fanlarga tayyorlaning!

Kurs narxi: 99ming soʻmdan boshlanadi

Bu onlayn kurs barcha abituriyentlarga 100% kerak!

Murojaat uchun: @alfadmin_2024

Telegram | Instagram | Youtube
25.8K views14:59
Ochish/sharhlash