Get Mystery Box with random crypto!

O‘quvchi darsda daftar tutmagani uchun ota-ona javobgarlikka t | E-BAZA ISH REJA

O‘quvchi darsda daftar tutmagani uchun ota-ona javobgarlikka tortiladi

O‘quvchi daftar tutmagani uchun o‘qituvchini emas, ota-onani javobgarlikka tortish kerak.

Birinchidan, Ta’lim to‘g‘risidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan bo‘lib, unga ko‘ra yuqoridagi shaxslar:

o‘z bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;

o‘z bolalarining intellektual, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Aynan mana shu majburiyatlar o‘quvchining qonuniy vakillarining o‘quvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini anglatadi.

Ikkinchidan, Xalq ta’limi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan o‘qituvchilarning lavozim majburiyatlarida o‘qituvchining o‘quvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.

Bunday holatda ota-onaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo‘llaniladi.

Ya’ni Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
@ebazaga_bot

O'qituvchilar uchun maxsus kanalimiz
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy