Get Mystery Box with random crypto!

TEST YECHISH QOIDALARI. 1. Ertalabda namozni o'qib Allohdan n | E-BAZA ISH REJA

TEST YECHISH QOIDALARI.

1. Ertalabda namozni o'qib Allohdan niyat qilib, bilimini o'ziga yo'ldosh qilishini va faqat O'ziga tavakkal qilishini so'rash.
2. Ota-onadan duo olib yo'lga chiqish. (Agarda ota-onasi bo'lmasa oila azolaridan)
3. Test bo'ladigan binoga Bismillohni aytib kirish.
4. Testni boshlashdan oldin "Ey Hudoyim, bu imtihon sening imtixoning oldida hech narsa emas. Uzing suygan bandalaringdan bo'lishimni, imtihonlardan yorug yuz bilan utishimni nasib qilgin. Bilgan va bilmaganlarimni o'zing dilimga solgin. Uzingga tavakkal qildim" deb boshlash
5. Testni birinchi osonlarini va bilganlarni yechib chiqish.
6. Kiyinroq va vaqt ko'p ketadigan savollarga o'tish hamda ularni yechib belgilash.
7. Umuman bilmagan yoki tushunmagan testlarni Allohga tavakkal qilib belgilash.
8. Yechgan va tavakkal belgilagan savollarni qisqartirib belgilagan javobi bilan qoralamaga yozish. Iloji bo'lsa 2 ta nusxada. Birini topshirib, 2 chisini yashirib olib chiqish. Nechtada va qaysilarida adashganini taxlil qilish va boshqa o'qituvchilarga ulashish uchun.
9. Test natijasi yuqori yoki pastroq chiqsa ham Allohga shukur qilish.
10. Testdan keyin ozgina miyaga dam berish. Tushunmagan va ikkilanganlarini guruhda baham ko'rish. Agar juda uyalsa yoki suragani hijolat bo'lsa, lichkaga yozaversin.
11. Va nihoyat o'tib olib oila davrasida Chiroyli ziyofat qilib, hursandchilik qilishi shart.
12. Alloh hammamizni o'z suygan bandalari qatorida bo'lishimizni, imtihonlardan ko'zlagan ballarimiz bilan o'tib olishimizni nasib qilsin.

P.S. Barcha attestatsiyada qatnashib turgan ustozlarga omad yor bo'lsin.

Internetdan

Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
@ebazaga_bot

O'qituvchilar uchun maxsus kanalimiz
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy