Get Mystery Box with random crypto!

Maktabda tug‘ilgan kun nishonlash mumkin emas Belgilangan q | E-BAZA ISH REJA

Maktabda tug‘ilgan kun nishonlash mumkin emas

Belgilangan qoidalarga ko‘ra, o‘quvchilarga ta’lim muassasida tug‘ilgan kun nishonlash taqiqlangan.

Bundan tashqari:
darsda "naushnik" ishlatish;
taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;
boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik qilishi mumkin emas.

Qanday jazo bor?
Agar o‘quvchi bu qoidalarga amal qilmasa, unda ota-onasi yozma ogohlantiriladi. Qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, oʻquvchi muassasa ichki nazorat roʻyxatiga olinadi. Ota-ona maktabga chaqirilib, ular bilan inspektor-psixolog suhbat o‘tkazadi.

@BahoIashUz