Get Mystery Box with random crypto!

Muxtaram ota-onalarga murojaat! Аssalomu alaykum hurmatli ota | E-BAZA ISH REJA

Muxtaram ota-onalarga murojaat!

Аssalomu alaykum hurmatli ota-onalar! Аvvalo barchangizni yaqinlashib kelayotgan ulugʼ bayram - oylarning eng goʼzali, eng shafoatlisi, eng raxmatlisi boʼlgan mohi Ramazon oyining intihosi - Iydi ramazon bilan samimiy muborakbod etaman. Ushbu kunlarda qilgan duolaringizga qoʼshimcha sifatida biz ustozlar ham zurriyodlaringiz uchun berayotgan har bir daqiqa eʼtiboringiz evaziga yaratgan egam sizni buyuk ajrlar bilan mukofotlasin deb soʼraymiz. Biroq mening xozirgi murojaatim farzandini maktabga borishiga qarshilik qilayotgan, maktabga boryaptimi, yoʼqmi umuman bilmaydigan, qiziqmaydigan, "Bugun nimalarni oʼrganib kelding?", "Kuning qanday oʼtdi, bolam?" deb soʼramaydigan ota-onalarga bagʼishlanadi.

Аziz ota-ona! vaqti kelsa pulga topiladigan avtomashinangiz, uy xayvonlaringiz, duru-javoxirlaringizdan kunda bir necha bora xabar olasizu, avlodingiz davomchisi, sulolangiz kelajagi boʼlgan zurriyodingiz taqdiri naxotki sizni qiziqtirmasa? Shaxsan oʼzingizga maktabda olgan bilimlaringiz xayotda koʼp bora foyda keltirayotganini anglamayotgan va bu yaxshilikni farzandingizga ilinmayotgan boʼlsangiz. Balki "oʼqib nima boʼlarding?", "Аna falonchilar oʼqib nima boʼldi?" deb oʼzingizni ovutayotgandirsiz. Lekin niyatga qarab ijobat deydilar. "Mening farzandim albatta oʼqishi, ikki dunyo saodatiga erishishi kerak" deb niyat qilsangiz, inshaollox niyatingizga erishasiz. Turkiyada boʼlgan tabiiy ofat, zilzilalar tufayli qancha qancha odamlar xayotdan erta ketib qolganini unutmagandirsiz. Qandaydir ilmsiz mutaxassislar qurib bergan imoratlar tagida qolib ketgan musulmon qardoshlarimizning nolalarini koʼz oldingizga keltiring. Bir tafakkur qiling: Siz oʼqitmasangiz, men oʼqitmasam, qoʼshnimiz oʼqitmasa, ertaga mamlakat kimlarning qoʼliga qoladi? Shuni oʼylayapsizmi? Oʼz oilasida bitta kuyib qolgan chiroqni ham almashtirishni eplolmaydigan, chala yongan gaz xidi insonni oʼlimga olib kelishi mumkinligini bilmaydigan, pochta orqali kelgan yarim varoq qogʼozni ham oʼqishni bilmay qoʼshnikiga koʼtarib kiradigan, ilmsiz, xunarsiz boʼlishning oqibatida uzoq oʼlkalarda quldek ishlab, xoru zorlikda yuradigan farzandlar kechagi eʼtiborsiz va loqayd ota-onalarning maxsulotidir. Sizlarga iltimos, talab va eslatma: Bugunoq, yoʼq, xoziroq barcha ishingizni yigʼishtiringda bolangiz taʼlim-tarbiyasi bilan qiziqing. Oʼzingiz bilim bera olmaganingizga yarasha uni maktabga borishiga qarshilik qilmang. Аgar sizni farzandingiz oʼqiyotgan maktabdagi taʼlim sifati qoniqtirmayotgan boʼlsa, unda oʼzingizga maʼqul keladigan maktabga koʼchiring. Bir kun keladi mening bu gaplarimni chuqur xoʼrsinish bilan eslashingiz aniq.
Sizlarga cheksiz hurmat bilan

Mansurjon Komilov, Qoʼqon shahar 38-maktab direktori

P.S. Maksimal darajada tarqatishingizni so'raymiz.


Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
@ebazaga_bot

O'qituvchilar uchun maxsus kanalimiz
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy