Get Mystery Box with random crypto!

#OTA_ONALAR_UCHUN Farzandi 1-sinfga chiqqan Ota-Onalar: —Ust | E-BAZA ISH REJA

#OTA_ONALAR_UCHUN

Farzandi 1-sinfga chiqqan Ota-Onalar:

—Ustoz, bolam birinchi partada o‘tirsin, iltimos Bizdan nima xizmat, Ustoz..

Farzandi 2-sinfga o‘tganda

—Ustoz, bolamning o‘qishlari yaxshimi? Rahmat, Ustoz, albatta, uy vazifalarini o‘zim birga bajaryapman. Rahmat, sizga Ustoz.

Farzandi 3-sinfga o‘tganda

—Mening bolam ham tadbirda qatnashsin, o‘zim yodlataman, she’rini. Baraka toping, Ustoz.

Farzandi 4-sinfga o‘tganda

—Ustoz, bolamni odobi yaxshimi, o‘zingiz charchamayapsizmi? Baraka toping, Ustoz.

Farzandi 5-sinfga o‘tganda

—Meni bolam boshlang‘ich sinfda hamma fandan a’lo baho olardi, nimaga o‘qituvchi ona tilidan 4 baho qo‘yadi, o‘zingiz bir gaplashib ko‘ring, Ustozi.

Bolasi 6-sinfga o‘tganda

—Majlis deysizmi, man ishdaman, Adasi chet eldalar, keyingi safar borarman.

Bolasi 7-sinfga o‘tganda

—Menga uy vazifalarini tayyorlayapman dedi-ku, o‘zi o‘qituvchilaringiz bitta meni bolamni topib olgan. Maktabga borolmayman, vaqtim yo‘q!

Farzandi 8-sinfga o‘tganda

—Nima bitta mening bolamda telefon bor ekanmi, tortib olishga nima haqingiz bor. Ustingizdan shikoyat qilaman.

Farzandi 9-sinfga o‘tganda

—Mushtlashgan bo‘lsa tarbiya bering, hadeb meni bezovta qilavermay, siz bilan gaplashgani vaqtim yo‘q.

Farzandi 10-sinfga o‘tganda

—Ustoz, farzandimning o‘qishlari yaxshi bo‘lishi uchun nima qilishim kerak, u ertaga bir kasbning egasi bo‘lishi kerak, yordam bering.!

Farzandi 11-sinfga o‘tganda

Ustoz, Farzandim gapimga kirmayapti, nima qilishni bilmayapman, yordam bering.!

P.S. Xulosa qilish kerak... Ota-onalar uchun...



Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
@ebazaga_bot

Attestatsiya bo'yicha yangiliklar
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy