Get Mystery Box with random crypto!

Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат

Telegram kanalining logotibi e8vizasi — Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат Е
Telegram kanalining logotibi e8vizasi — Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат
Kanal manzili: @e8vizasi
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.04K
Kanalning ta’rifi

Е7
Е8
E9
имтиҳонидан ўтганлар ва энди қатнашмоқчи бўлганлар учун.
Ёзишиш учун махсус чат телеграм гуруҳимиз
👇👇
https://t.me/joinchat/4mtWOlA5d0k1Y2Ri

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-04-02 11:28:19 Сербияда мавсумий қишлоқ хўжалиги ишларига Ўзбекистон фуқаролари таклиф этилади

Бўш иш ўринларига қизиқиш билдирган фуқаролар учун танловлар вақти ва жойи:

4 апрель:

Тошкент шаҳри ва Сирдарё, Жиззах, Тошкент вилоятлари учун:
Тошкент шаҳри Олмазор тумани, Қамарнисо 1. Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги биноси.
(71) 236-30-40.

Танловда қатнашиш истагида бўлган фуқаролар ўзлари билан қуйидаги ҳужжатларнинг электрон шаклини олиб келиши шарт:

Хорижга чиқиш паспорти сканер варианти;

3,5х4,5 ҳажмдаги фотосуратнинг электрон шакли.



Телеграм | Чат | @E8vizasi
2.7K views08:28
Ochish/sharhlash
2022-03-06 14:07:30 @epskorea1kanalida haftalik yangiliklar:

4-mart kuni kelgan yangi E-9lar gpuppasi (38 kishi) PSR testini yahshi topshirishib 7 kunlik karantinga olindilar.

7-martdagi reys ayrim sabablarga ko‘ra qoldirildi.

Chungbuk hududida chet ellik mavsumiy (E8 viza) ishchilarni joriy etish qayta boshlanadi.

9 mart kuni yakuniga yetadigan prezident saylovlariga start berildi.
Prezidentlikka yetakchi nomzod Yoon Seok-yeol "saylansam chet eldan kirib kelganlar uchun 7 kunlik karantinni bekor qilaman", deb va'da bermoqda.

Ўзбекистон Март ойи учун қизил худудда қолди. Лекин бу Е9 визаси учун аҳамияти йўқ, асосан бошқа визалар учун чекловларни сақлаб қолади.

7-Mart sanasidan Koreyaga chet eldan kirib kelayotkanlarga:
endi emlanganlar Koreyaga kirib borganlarda aeroportda istagan transportiga chiqishlari mumkin.

E9 vizasi keyingi reys 10-mart kuniga rejalashtirilgan.

Koreya Elchixonasi C3-1, C3-4 va F-3
vizalarini bermoqda
C3-1 Turmush ortogʻining ota-onasiga (Faqat Tegishli maqsad bilan)
C3-4 Faqatkina koreya adliya vazirligi rasmiy xati orqali Elchixonaga topshirish mumkin.
F-3 oilaviy vizalar.

5-martdan boshlab Janubiy Koreyada ijtimoiy masofalanish choralarini biroz yumshatish joriy etildi.

2022 йил учун Е9 визаси бўйича имтихон бўладиган давлатлар рўйҳати аста чиқа бошлаябди.

Kanalimiz|CHat_guruh
2.6K views11:07
Ochish/sharhlash
2022-02-27 07:50:19 Adliya vazirligi “xorijiy ishchilarning mavsumiy tayinlanishini ko‘rib chiqish kengashi”ni o‘tkazdi va 25-fevral kuni joriy yilning birinchi yarmida(iyun-iyulgacha) 11,550 nafar chet ellik mavsumiy ishchilarni joriy etishga qaror qilganini e’lon qildi.

88 ta mahalliy hukumatga 11,550 mavsumiy ishchi ajratishga qaror qilindi. Bu oʻtkan yilga nisbatan 2 barobardan ham koʻp

E-8 vizasi bilan Oʻzbekistondan ishchilar jalb qilinishi kuni haqida yangilik boʻlsa kanalda elon joylanadi

@e8vizasi
2.9K views04:50
Ochish/sharhlash
2022-02-20 13:41:58 Diqqat mavsumiy ishchi vizasi haqida juda yaxshi yangilik.

bunga koʻra, chet ellik mavsumiy ishchilar (C-4, E-8 vizasi) bo‘yicha 53 ta koreya mahalliy hokimiyat organlari joriy yilda 10 000 ga yaqin ishchini joriy etish bo‘yicha ariza berganligi aytilmoqda. Hozircha Korea immigratsiya agentligi dastlabki ekspertiza o‘tkazmoqda. yaqin orada bu haqda qaror qabul qilinishini qo‘shimcha qilindi.

@e8vizasi
3.0K views10:41
Ochish/sharhlash
2022-02-13 15:49:55 Oʻtkan yili mavsumiy ishlarda ishlab qaytib kelgan doʻstlarimizdan kelgan savollar uchun

E-8 vizasi bilan Koreyaga kelib oʻz ish joyida muammosiz ishlaganlarga qayta kelish uchun imtiyoz sertifikati beriladi.
Shu tartibda qishloq joylarida 5 yil davomida ishlagan ishchilarga E-7-5 vizasi berish yoʻlga qoʻyiladi.

E-7-5 vizasi yangi ishlab chiqilgan boʻlib, bu viza egalari qishloq xoʻjaligi hamda baliqchilik sohalarida ishlashlari mumkin.
@e8vizasi
3.1K views12:49
Ochish/sharhlash
2022-02-07 09:52:55 Hozirda Shimoliy Gyeongsang provinsiyasining Gimcheon shahri yaqinda Filippin bilan bog‘lanib, dehqonchilik mavsumi oldidan chet ellik mavsumiy ishchilarni taklif qilganini e’lon qildi.
Apreldan iyulgacha Gimcheon shahri Filippindan piyoz yig‘ishtirib olish va mevali daraxtlar yetishtirish uchun zarur bo‘lgan qishloq ishchilarini tanlab shartnoma imzoladi.

qishloq ishchilarining tanqisligi va ishchi kuchi narxining oshishini minimallashtirish uchun Indoneziya va Vetnam bilan ishchilar shartnomasi ustida ishlamoqdalar.

Eslatma; Oʻtkan yili Koreyaning
Cheongyang-gun okrugi O'zbekiston Bandlik va mehnat vazirligi bilan mavsumiy ishchilar jalb qilish boʻyicha 3 yil muddatga shartnoma imzolagan edi.

Karantin holatiga qarab bu yil ham mavsumiy ishlarga Oʻzbekistondan ishchilar jalb qilinishi mumkin.
Lekin Mavsumiy ishchi(E-8) vizasi bilan tashkiliy tarzda yuborishda Tashqi mexnat migratsiyasi agentligidan boshqa vakolatga ega boʻlgan tashkilot, agentlik, firma yoʻq viza vada qilganlarga aldanib qolmanglar.
Post shunchaki ma'lumot oʻrnida joylandi

@e8vizasi
3.1K views06:52
Ochish/sharhlash
2022-02-04 08:45:08
(Koreya)Chungcheongnam-do, chet ellik mavsumiy
(Mavsumiy ishchilarning yotoq sharoitlari oʻtkan yili talabga javob bermagan edi)
xorijlik ishchilar yashash sharoitlarini yaxshilash va qonuniylashtirilgan obʼyektlar orqali inson huquqlarini himoya qilish maqsadida ilgari surilayotgan loyihadir.

Qishloq va chorvachilik departamenti direktori Lim Seung Beom shunday dedi: “Chet ellik ishchilar uchun barqaror uy-joylar qishloq ishchi kuchini ta’minlashda katta yordam bo‘lishi kutilmoqda, shu bilan birga fermerlar og‘irini yengillashtiradi.

@e8vizasi
2.4K views05:45
Ochish/sharhlash
2022-01-17 11:04:26 Bu yildan boshlab Koreyadagi D-2 vizasidagi talabalar hamda til kursiga kelgan talabalar ham mavsumiy ishlarda ishlash uchun jalb qilinadilar.
chet ellik talabalarni mavsumiy ishlarga jalb qilish Koreya adliya vaziri qishloq xoʻjaligi vazirlarining qaroriga koʻra ishlab chiqildi.
Mavsumiy ishlarda qonuniy ravishda haftalik yoki oylik tizimda ishlash imkoniyati yaratiladi.

Bu yildan yana bir imkoniyat; oʻz yurtidan Koreyaga
E-8 vizasi bilan kelib, oʻz ish joyida muammosiz ishlaganlarga qayta kelish uchun imtiyoz sertifikati beriladi.
Bu tartibda qishloq joylarida 5 yil davomida ishlagan ishchilarga E-7-5 vizasi berish yoʻlga qoʻyiladi.

Manzillarimiz
@e8vizasi
2.8K views08:04
Ochish/sharhlash