Get Mystery Box with random crypto!

O’tgan ming asrdan beradi sado, Boshqalar bir dunyo o’z bir du | DO'STLIK BOZOR 🇺🇿

O’tgan ming asrdan beradi sado,
Boshqalar bir dunyo o’z bir dunyo,
Tanamda doimo jo’sh urgan qonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.

Har bir qarich yeri jannatlarga teng,
Buxoro Samarqand Xivasin ko’ring,
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim,
Mustaqil Vatanim O’zbekistonim.

Zamonlarga boqing bugun tengdoshim,
Boshqadan kam qilmas bizni yurtboshim,
Yaxshi-yomon kunda Vatandir panoh,
Bu yurtni qo’llaydi yaratgan Alloh.

Birlashib shu elning ertasi uchun,
Yurakda porlasin o’chmas bir uchqun,
Dilda bo’lsin abad yolg’iz so’zimiz,
Axir biz buyuk yurt farzandlarimiz.
@dustlik_bozor
https://telegram.me/Dustlik_bozor