Get Mystery Box with random crypto!

​​Ista, mayli har kun seni kutayin, Qõllaringga turfa gullar t | 𝖒𝖔𝚢 𝖉𝖚𝖘𝖍𝖆🕊

​​Ista, mayli har kun seni kutayin,
Qõllaringga turfa gullar tutayin.
Mayli seni deya, qonlar yutayin,
Faqat meni sevsang, bõldi yolğizim.

Imo qil sen uchun õpiray tog'ni,
Yuzingga tushurmam na chang, na dog'ni,
Sening noming berib quray bir bog'ni,
Faqat meni sevsang, bõldi yolğizim.

Dunyo tashvishidan himoya qilay,
Mehr bilan suluv sochlaring silay,
Seni yagonam deb, baxtim deb bilay,
Faqat meni sevsang bõldi, yolğizim.

Yõl qõymam kõzingdan oqmas tomchi yosh,
Birov otolmaydi senga ta'na, tosh.
Har dam yoningdaman bõlib kõz-u, qosh,
Faqat meni sevsang bõldi, yolgizim!
꧁͓༺͓ #miss_medik ༻͓꧂͓