Get Mystery Box with random crypto!

​IT nima? Nega biz IT mutaxassisi bo'lishimiz kerak? IT (o' | Durdona Ahmadovna | IT Blog

IT nima? Nega biz IT mutaxassisi bo'lishimiz kerak?

IT (o'qilishi "ay-ti") bu inglizcha "Information Technology" qisqartma shakli hisoblanadi va o'zbekchada Axborot
Texnologiyalari deb tarjima qilinadi.

Axborot Texnologiyalari (AT) – ma'lumotlarni saqlash va uzatish bilan bog'liq bo'lgan barchasi.

Axborot Texnologiyalari (AT yoki ing. IT) – bu hisoblash texnikalari yordamida ma'lumotlarni yaratish, qayta ishlash, saqlash
va uzatish metodlarini o'rganadigan va amaliyotga tadbiq etadigan ko'p tarmoqli ilmiy-texnologik bilimlar sohasi.

Ayniqsa hozirda yuqorida sanalganlarni barchasi kompyuter texnologiyalari bilan bajarilmoqda, demak hozirda IT atamasi
kompyuter bilan bevosita bog'liq.

AT (IT) qo'llanilish sohalari (foydalanish bo'yicha mashhurligi bo'yicha):

Ko'ngilochar (kinolar, musiqa, kitoblar, o'yinlar);
Muloqot (ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta, chatlar va h.k);
Ma'lumotlarga ega bo'lish (yangiliklar, ob havo ma'lumotlari va h.k);
Ma'lumotlarni qayta ishlash (matematik hisoblash dasturlari, grafika tahrirlovchilar, ovoz va video tahrirlash va h.k);
Ta'lim (o'qitish, interaktiv darslar, vebinarlar, ma'lumotnomalar).

Xo'sh biz nega AT (IT) sohasida mutaxassis bo'lishimiz kerak?
Chunki hozirgi kunda butun dunyoda globallashuv jarayoni AT orqali tezlik bilan amalga oshmoqda, shu sababli o'z sohamiz
qanday bo'lishidan qat'iy nazar zamon bilan hamnafas bo'lishimiz uchun AT sohasida ham yetarlicha bilim va ko'nikmalarga ega
bo'lishimiz kerak.



@DurdonaAhmadovna