Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI LAYLATULQADR KECHASINING TARTIB JADVALI: Soat 21:30 | ❀ 𝐃𝐮𝐧𝐲𝐨𝐲𝐢𝐦𝐬𝐚𝐧 ❀ عالمي 💎

BUGUNGI LAYLATULQADR KECHASINING TARTIB JADVALI:

Soat 21:30 dan soat 23:30 gacha xufton, taroveh namozlari va ilm majlislarida bo'lish.

Soat 23: 30 dan 24:00 gacha zikr, duo va munojot.

Soat 24:00 dan 24: 30 gacha biroz dam olish (yoki saharlik tanovul qilish).

Soat 24:30 dan 01:15 gacha tahajjud namozini o'qish.

Soat 01:15 dan 01:45 gacha zikr va tasbeh aytish.

( Masalan: "Subhonallohi valhamdulillahi valaa ilaahaa illallohu vallohu akbar" 100 marta.

"Subhonallohi va bihamdihi subhonallohil 'aziym"ni 100 marta.

"Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku valahul hamdu vahuva 'ala kulli shay`in qodiyr"ni 100 marta .

"Astag'firullohal 'aziym va atubu ilayh"ni 100 marta.

"Allohumma solli 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad"ni yoki boshqa salavotni 100 marta aytish).

Soat 01:45 dan 02:15 gacha yana zikr, duo va munojotga mashg'ul bo'lish.

Soat 02:15 dan 02:45 gacha xatmi Qur'on va uning duosi bilan mashg'ul bo'lish.

Soat 02:45 dan 03:00 gacha agar masjidda vitr o'qimagan bo'lsa, uni ado etish.

Bu aytganlarimiz Qadr kechasida nimaga mashg'ul bo'laylik, deb so'raganlar uchundir. Umuman olganda qadr kechasida zikr, ibodat, Qur'on tilovati, tahajjud va duoga mashg'ul bo'linadi. U kechada Allohdan gunohlarini kechirib, afv qilishini so'rab, qalbining to'ridagi istaklarini Allohdan ixlos bilan so'rashga mashg'ul bo'linadi. Har orada “Allohumma innaka afuvvun, tuhibbul afva, fa'fu 'anniy”, deb aytib turiladi.

Ma'nosi: Allohim, Sen afv qiluvchisan, afv qilishni sevasan, meni afv qilib kechirgin.
Bomdod namozi vaqti kirgach masjidga borib, bomdodni jamoat bilan o'qiydi. Quyosh chiqqach dam olishi mumkin bo'ladi.

Buni shunday holicha ko'proq tarqataylik, balki shu ma'lumotlarni bilmay qiynalib yurgan musulmonlarga aynan siz orqali yetib borar?! Agar shunday bo'lsa bu savob yig'ish uchun zo'r imkoniyat! BARCHAMIZDAN ALLOH ROZI BO'LSIN! AMIYN!!!

Jannatda ko'rishishni xoxlagan yaqinlaringizga yuboring, eslating...!


𝑺𝒊𝒛𝒏𝒊 𝑱𝒂𝒏𝒏𝒂𝒕𝒅𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒌𝒐̃𝒓𝒊𝒔𝒉𝒍𝒊𝒌𝒏𝒊 𝒊𝒔𝒕𝒂𝒈𝒂𝒏

𝑸𝒂𝒅𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒎𝒔𝒊𝒛